📌 Ilmiy seminar majlisida XNU mustaqil tadqiqotchisi Jasurbek Qodirovning
08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi muhokama qilindi.
📖 Tadqiqot mavzusi:
“Davlat-xususiy sherikchiligi asosida iqtisodiyot tarmoqlarining investitsiyaviy salohiyatini oshirish istiqbollari”
📌 Muhokama natijalari:
✅ Dissertatsiya ishini yanada takomillashtirish bo‘yicha qator tavsiyalar berildi.
📌 Shuningdek, ilmiy seminarda:
📖 Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti Hayotjon Xo‘jayorovning
“Tijorat banklarida kreditlash xizmatlari samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi keng muhokama qilindi.
📌 Ilmiy kengash raisi va a’zolari tadqiqotchilarga zarur tavsiyalar berdilar.




