Yangiliklar
Respublikamiz ta'lim tizimi yetakchilari fin ta'lim tajribalarini o‘rganmoqda

April 27 , 2023
83
O‘zbekiston ta’lim delegatsiyasi Finlandiyada innovatsion pedagogik metodlarni o‘rganmoqda.
Finlandiyada Xalqaro Nordik universiteti prorektori Odil Qo‘ysinov boshchiligidagi ta'lim delegatsiyasi a’zolari uchun malaka oshirish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.
🔹 Fin ta’lim tizimini chuqur o‘rganish maqsadida Jyväskylä universitetida quyidagi tadbirlar tashkil etildi:
✔️ Ta’lim ekspertlari tomonidan maxsus ma’ruzalar
✔️ Innovatsion pedagogik metodlarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv amaliyoti
✔️ Fin ta’lim tizimining zamonaviy yondashuvlari bilan tanishuv
📢 Mazkur tashrif O‘zbekiston ta’lim tizimini jahon andozalariga mos ravishda rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi!
So'nggi yangiliklar

Zukko kitobxon - zukko avlod!
Onlayn uchrashivda "Mening alifbe kitobim" va "Uyatchan fil" kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi. Muallif - pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, bolalar yozuvchisi va illustratori Dinara Mo‘minova ishtirokchilarni mazkur yangi kitoblar bilan tanishtirdi.
Uchrashuvda muallif bolajonlar bilan monitor orqali onlayn jonli suhbat o‘tkazdi. Qiziqarli Alifbe bilan tanishuv, uyatchanglikni yengish yo‘llari, muallif mutolaasi orqali sirk olamiga sayohat va tasvirlash - rasm chizish mashg‘ulotlari, ayniqsa turli sovg‘alar bolajonlarga quvonch ulashdi.
Uchrashuvda pedagog-talabalar picturebook - rasmli kitob janri bilan tanishdilar. Bolalar bilan kitobxon soatlarini o‘tkazish, mutolaa jarayonini boyitishda kerakli amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, matn va rasm uyg‘unligini taʼminlashda zarur jihatlarni o‘rgandilar.

“Caring the Environment” — ochiq osmon ostida dars!
Interfaol o‘yinlar, brain battle, mini challenges, teamwork va eco-awareness bilan dars qizg‘in kechdi.
O‘qituvchi Durdona Azizova boshchiligidagi bu mashg‘ulot nafaqat bilim, balki motivatsiya ham ulashdi.

Mustaqil izlanuvchilikka navbatdagi kirish imtihonlari o‘tkazildi
Tanlovda 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”, 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.13 - “Menejment” hamda 13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)” ixtisosligi bo‘yicha talabgorlar suhbatdan o‘tkazildi.
Imtihonda mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning mutaxassislikka oid bilimlari, innovatsion yondashuvi va ilmiy salohiyati sinaldi hamda baholandi.

Nordikda dasturchilar bahsi!
🏆 G‘oliblarimiz bilan tanishing:
🥇 1-o‘rin:
Lochinbek Abdullayev – 1-KI-24-guruhi talabasi
Imomjon Nazarov – 1-KI-24-guruhi talabasi.
🥈 2-o‘rin:
Dilmurod Almurotov – 1-KI-23-guruhi talabasi.
🥉 3-o‘rin:
Shahzod Mirzarahmatov – 1MDS-24-guruhi (magistratura) talabasi.
IQ, ijod va innovatsiya sinovlarida yuqori natijalar ko‘rsatgan talabalar taqdirlandilar.