Rektor kubog‘i: maydonda shiddat, finalda gol yomg‘iri!

Rektor kubog‘i: maydonda shiddat, finalda gol yomg‘iri!

October 26 , 2026

|

158

Hafta davomida futbol shukuhi, keskin bahslar va murosasiz kurash — Xalqaro Nordik universitetida Rektor kubogi o‘z egasini topdi!

Hal qiluvchi bahslarda jamoalar o‘yinchilari bor mahoratini namoyish etdi, final esa haqiqiy gollar shousiga aylandi!

🏆 FINAL NATIJASI:
💥 2-JR-25 — Turizmchilar | 6:0

Yarim finaldayoq raqiblaridan ustun kelgan 2-JR-25 finalda ham to‘xtatib bo‘lmas kuch ekanini isbotladi va kubokni ishonchli g‘alaba bilan qo‘lga kiritdi!

⚽️ HAL QILUVCHI BAHSLAR NATIJALARI:

🔥 Yarim final:
▫️ 2-JR-25 6:2 Stark fc
▫️ Unique 0:5 Turizmchilar

🥉 3-o‘rin uchun bahs:
▫️ Stark fc 4:0 Unique

🏅 TURNIRNING YAKUNIY REYTINGI:
🥇 1-o‘rin — 2-JR-25 | Chempionlar!
🥈 2-o‘rin — Turizmchilar | Finalchilar!
🥉 3-o‘rin — Stark fc | Kuchli uchlik vakillari!
🏅 4-o‘rin — Unique

👏 CHEMPIONLAR, KUBOK MUBORAK!
2-JR-25 jamoasini munosib g‘alaba bilan tabriklaymiz!

Turizmchilar, Stark fc va Unique jamoalariga ham maydondagi shijoat, raqobat va murosasiz kurash uchun tashakkur!

🤝 Turnirning yuqori saviyada o‘tishiga hissa qo‘shgan tashkilotchilar, hakamlar va ko‘mak bergan barcha jamoa a’zolariga, shuningdek, ishtirokchilar va muxlislarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz!

Rektor kubogi yakunlandi, ammo futbolga bo‘lgan ishtiyoq davom etadi!

Yangi g‘alabalar va yorqin uchrashuvlarda ko‘rishguncha! ⚽️

📲 Turnir taassurotlari va lavhalari:
https://t.me/+_DjQCXh6VoAwZjQy

📌 Nordik sport klubi kanalida qiziqarli musobalardan xabardor bo‘ling!

Foto galereya

6
photo-2026-10-26-13-09-59-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-10-26-13-09-59
Ko‘rib chiqish
photo-2026-10-26-13-10-00
Ko‘rib chiqish
photo-2026-10-26-13-10-01-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-10-26-13-10-01
Ko‘rib chiqish
photo-2026-10-26-13-10-02
Ko‘rib chiqish