Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat tilini rivojlantirishga oid PQ-308-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur taşabbus ona tilining jamiyatdagi mavqeini mustahkamlaş, özbek tili va adabiyoti öqituvçilarining kasbiy salohiyatini e’tirof etiş, milliy adabiy merosni keng tarğib qilişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Bu ezgu loyiha Xalqaro Nordik universiteti va UzReport axborot agentligi tomonidan Özbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Toşkent viloyati hokimligi hamkorligida amalga oshirildi.
"E Voh" olimpiadasida respublikaning 14 ta ma’muriy hududidan jami 15 903 nafar öqituvçi iştirok etiş uçun röyxatdan ötdi. Ularning 72 nafari saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötib, finalda bellaşdi.
21-oktabr kuni ötkazilgan yakuniy bosqiçda iştirokçilar ijodiy insho yoziş va test sinovlari orqali bilim hamda mahoratlarini namoyon etdilar. Inşolarni baholaşda fikrning mantiqiy izçilligi, yozma nutq madaniyati, adabiy savodxonlik va til imkoniyatlaridan foydalaniş mahoratiga alohida e’tibor qaratildi. Ön nafar nufuzli hakam iştirokidagi baholaş hamda natijalarni aniqlaş jarayonlari belgilangan mezonlar asosida taşkil etildi.
22-oktabr kuni bölib ötgan ğoliblarni tantanali taqdirlaş marosimi Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida oçildi. Unda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, ta’lim sohasi mutasaddilari, taniqli şoir va adiblar, pedagoglar, Marğilondagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ustozlari va öquvçilari, yoşlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnaşdilar.
Tadbirda NNT va yoşlar masalalari böyiça davlat maslahatçisining örinbosari Akromjon Fozilov, Toşkent viloyati hokimining örinbosari Jamşid Bobojonov, davlat va jamoat arbobi, jurnalist va şoir, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi örinbosari Minhojiddin Mirzo, UzReport TV axborot agentligi boş direktori Ravşanxon Djurayev va Xalqaro Nordik universiteti rektori Şerzod Mustafakulov hamda Erkin Vohidovning oila aʼzolari iştirok etdilar. Ularning tabrik nutqlarida davlat tilining nufuzini oşirish, milliy adabiy merosni asrab-avaylaş, ustozlar mehnatini munosib rağbatlantiriş va ta’lim sifatini yuksaltiriş masalalariga alohida urğu berildi.
Erkin Vohidov — xalqimiz peşonasiga bitilgan uluğ şoirlardan biri ekanligi, ijodining milliy özlik, vatanparvarlik va erkinlik ğoyalari bilan çambarças boğliqligini ta’kidladilar. Şoirning ijodiy merosi xalqning tarixiy xotirasi va ma’naviy dunyosini aks ettirişini qayd etib, uning asarlarini yangi avlodga yetkazish, adabiy merosni keng tarğib qiliş muhimligini eʼtirof etdilar.
— Olimpiadaga qariyb 16 ming muallimlarimiz, yaʼni ona tili va adabiyoti öqituvşilarimiz ixtiyoriy ravishda qiziqib, daxldorliklarini bildirdilar, — dedi Xalqaro Nordik universiteti rektori Şerzod Mustafakulov. — Nafaqat Toşkent şahri va atrof tumanlar, balki çekka-çekka hududlar, 14 ta maʼmuriy hudud, eng quvonçlisi Qoraqalpoğiston Respublikasidan ham besh nafar özbek tili va adabiyoti öqituvçisi yetib keldi...
Olimpiadaning qamrovi kengayib borayotgani, maxsus raqamli platforma orqali jarayonlarni tizimli taşkil etish va iştirokçilarni birlaştirish imkoniyati yaratilgani maʼlum qilindi. Şuningdek, finalçilar yozgan inşolarni keng jamoatçilikka yetkazish va ilğor pedagoglarning ijodiy işlarini ommalaştirish muhimligi qayd etildi. Bu taşabbus öqituvçilarning kasbiy tajribasini yoyish, adabiy tafakkur va yozma nutq madaniyatini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Taqdirlaş marosimida olimpiada ğoliblari oltin, kumuş va bronza medallari, pul mukofotlari hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
“E Voh–2026”da eng sara ustozlar final ğoliblari böldilar.
🥇 Oltin medal — Xazratqulova Şoxsanam Şarafiddinovna (Surxondaryo viloyati, Şörçi tumani).
🥈 Kumuş medal — Nurullayeva Gulşan Sunnatulloyevna (Toşkent şahri, Yakkasaroy tumani).
🥉 Bronza medal — Dadaboyeva Mohira Komiljonqizi (Toşkent viloyati, Parkent tumani).
Barça final iştirokçilariga Sertifikat va esdalik sovğalari topşirildi. Uşbu e’tirof ustozlarning ona tilimiz va adabiyotimiz ravnaqi, yoş avlodning bilimli va ma’naviy barkamol bölib voyaga yetişi yölidagi fidokorona mehnatiga bildirilgan hurmat ifodasidir.
Tadbir doirasida taniqli şoir va adiblar, ustozlar fikr-mulohazalar almashdilar. Erkin Vohidovning maslakdoşlari va şogirdlari hamda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ijodkorlarining çiqişlari festivalning adabiy-ma’rifiy mazmunini boyitdi.
Erkin Vohidov boğida şoir xotirasiga hurmat bajo keltirilib, haykali poyiga gullar qöyildi.
Festivalning badiiy qismida şeʼrxonlik va ijodiy çiqişlar orqali ona tilining jozibasi, milliy qadriyatlar va adabiyotning tarbiyaviy ahamiyati yana bir bor namoyon böldi.
“E Voh–2026” olimpiadasi bilim va mahorat bellaşuvi böliş bilan birga, özbek tilining nufuzini oşirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini qöllab-quvvatlaş hamda milliy adabiy merosni yangi avlodga yetkazişga xizmat qiluvçi muhim ma’rifiy taşabbus sifatida namoyon böldi.
Olimpiada va festivalning “Qadring baland bölsin, Ona tilim!” şiori uning boş ğoyasini özida mujassam etdi. Zero, davlat tilining ravnaqi, avvalo, uni puxta örgatadigan ustozlar, unga hurmat ruhida tarbiyalanayotgan yoşlar va til boyliklarini asrab-avaylaydigan jamiyat bilan çambarças boğliq.
Yangiliklar
E Voh–2026”: ona tili ravnaqi yölida fidoyi ustozlar e’tirof etildi

October 22 , 2026
48
22-oktabr kuni Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida joylaşgan Green Hills Resort maskanida Erkin Vohidov nomidagi anʼanaviy “E Voh–2026” respublika özbek tili va adabiyoti olimpiadasi final bosqiçi yakunlari, ğolib ustozlarni taqdirlash marosimi va “Özbek tili bayrami” festivali bölib ötdi.
Foto galereya
15
Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring