Rasmiy kanallarda - biz haqimizda

Rasmiy kanallarda - biz haqimizda

August 23 , 2022

|

237

O‘zbekistonda Finlyandiya ta’lim modeliga asoslangan nodavlat universitet ish boshladi

Toshkent shahrida Xalqaro Nordik universiteti nodavlat ta’lim tashkiloti ish boshladi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, mazkur universitetga nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun Ta’lim inspeksiyasi tomonidan litsenziya berilgan.

Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universiteti, “Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK)” umumta’lim maktabi, “Nokia” transmilliy korporatsiyasi, “Finnish Water Forum” va “ISKU” kompaniyasi ushbu universitet bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Finlyandiya ta’lim modeliga asoslangan mazkur universitet 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni boshlamoqda:

  • Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha),
  • Moliya va moliyaviy texnologiyalar,
  • TU BA (Hons) Xalqaro biznes,
  • BU BSc (Hons) Sanoat menejmenti,
  • Boshlang‘ich ta’lim,
  • Maktabgacha ta’lim,
  • Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha),
  • Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi, AT-servis, Axborot xavfsizligi, Multimedia texnologiyalari)

Ta’lim jarayoni Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universiteti bilan tuzilgan 2+2 va 3+1 dasturlari asosida amalga oshiriladi.Xalqaro Nordik universiteti talabalarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etishni rejalashtirmoqda:

  • barcha kurslar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar Shimoliy Yevropa mamlakatlari, xususan, Finlyandiyada yozgi amaliyot, Work and travel dasturlari;
  • Finlyandiyaning Nokia transmilliy korporatsiyasi, “Kareliya amaliy fanlar universiteti”, “Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK)” umumta’lim maktabi, “Finnish Water Forum” va “ISKU” kompaniyalarida o‘quv amaliyotlari;
  • barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun fin o‘qituvchilari tomonidan fin tilini chuqurlashtirib o‘rgatish;
  • bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli (yuqori GPA ko‘rsatkichi bilan) tugatganlar uchun magistraturani Finlyandiyada imtiyoz asosida o‘qib kelish imkoniyatlari taqdim etiladi.
Chop etish

So'nggi yangiliklar

PhD darajasiga yo‘l: Nordik seminarida dissertatsiyalar muhokamasi

PhD darajasiga yo‘l: Nordik seminarida dissertatsiyalar muhokamasi

Seminar majlisida universitet mustaqil izlanuvchisi Jasurbek Turg‘unovning 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.


“Sanoat korxonalari rivojlanishining atrof-muhitga ta’sirini baholash mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi tadqiqotda ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asoslangan va dolzarb ekani ta’kidlandi.


Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi Aziza Mirzaraximovaning 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligidagi “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini takomillashtirishda yangi texnologik yondashuvlar tadqiqoti" mavzusida tayyorlagan dissertatsiyasi amaliy asoslanganligi eʼtirof etildi.


Seminar davomida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti tayanch doktoranti Mahliyo Diyarovaning 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” tutash ixtisosligidagi “Qurilish korxonalarida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi keng muhokama qilinib, zarur ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.


Mazkur seminar innovatsion fikrlar va ilmiy asoslangan yondashuvlarni ilgari surish, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida zamonaviy tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilarga mustahkam nazariy-amaliy tayanch yaratish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

Umarov Elshod G‘ulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida

Umarov Elshod G‘ulomovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.


Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi. 


Tel.: +99895 505-44-00

e-mail: info@nordicuniversity.org

Yorqulov Umidjon Muzaffar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida

Yorqulov Umidjon Muzaffar o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.


Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi. 


Tel.: +99895 505-44-00

e-mail: info@nordicuniversity.org

Yangi nashrlar - kelajak ilmlariga poydevor!

Yangi nashrlar - kelajak ilmlariga poydevor!

"MIKROEKONOMIKA" (rus tilida) darsligida bozor iqtisodiyoti, talab va taklif, mukammal va nomukammal raqobat sir-asrorlari grafik va model asosida tahlil etilgan. Ushbu kitob iqtisodiyotning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yangi ilmlarni o‘rganishda qo‘l keladi. 


"MAKROIQTISODIY TAHLIL" (rus tilida) darsligi inflyatsiya, ishsizlik, milliy hisoblar tizimi tahlillar va O‘zbekiston sharoitidagi dolzarb yondashuvlar bilan boyitilgan manbadir. 


"MAKROEKONOMIKA" (rus tilida)

darsligi davlat siyosati, iqtisodiy barqarorlik va beqarorlik, makroiqtisodiy qonuniyatlar, bir so‘z bilan aytganda iqtisodiy fikrlashni o‘stirish uchun zarur qo‘llanmadir. 


"O‘ZBEK XALQ MUSIQA IJODI" darsligida o‘zbek xalqining noyob musiqiy merosi, turli janrlardagi aytimlar, maqomlar, mehnat va marosim qo‘shiqlari ilk bor tizimli tahlil etilgan. Bu darslik musiqiy madaniyatimizni chuqur anglashda har jihatdan muhim manbadir.


Bu yangi nashrlar talabalar, mustaqil izlanuvchilar va tadqiqotchilar, soha mutaxassislari uchun yangi ilm va tajribalarni o‘rganishda muhim manbalar vazifasini o‘taydi.


Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish