Aziz talabalar, unilibrary.uz platformasi orqali respublikamizning barcha oliy taʼlim muassasalari kutubxonalaridagi o‘quv adabiyotlar hamda ilmiy nashrlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin.
ℹ️ Platformada:
➡️ o‘quv adabiyotlar;
➡️ ilmiy maqolalar;
➡️ monografiyalar;
➡️ dissertatsiyalar;
➡️ avtoreferatlar;
va boshqa shu kabi 150 mingdan ortiq elektron resurslar jamlangan.
ℹ️ Shuningdek, hozirda oliy ta'lim muassasalari tomonidan adabiyotlarni raqamlashtirish hamda davom etayotgani bois platforma boyib bormoqda.




