Nordik universitetida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, foydali taʼlim dasturlari va metodlar bo‘yicha ilm hamda malakalarni rivojlantirish maqsadida seminar-treninglar tashkillanmoqda.
Unda barcha professor-o‘qituvchilar, prorektorlar, kafedralar mudirlari, departamentlar rahbarlari va ilmiy xodimlar ishtirok etishmoqda.
Treningda prorektorlar tomonidan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, taʼlim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar va ularni faollashtirish yo‘llari keng muhokama etilib, zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, talabalarning darslarda ishtirok etishi va professor-o‘qituvchilar bilan munosabatlari tahliliy o‘rganildi. O‘qituvchilarning o‘quv jarayonlari sifatini oshirish borasidagi takliflari o‘rganildi.
Treningda akademik faoliyat sarhisob qilindi va oldinda turgan vazifalar belgilandi. Ustozlarga Scopus bazasidagi ilmiy jurnallarda maqolalar chiqarish borasidagi yangi tajribalar yetkazildi.
"O‘yinlar nazariyasi: optimal qarorlar!" mavzusidagi trening ham qiziqarli va samarali o‘tdi.
Haftalikda trening ishtirokchilarini kreativ, sanogen va tanqidiy fikrlash texnologiyalari, interfaol o‘qish shakllari va tadqiqotchilik metodlari bo‘yicha qiziqarli master-klasslar kutmoqda.




