Yangiliklar
Professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening haftaligi o‘tkazilmoqda

December 24 , 2024
103
Muhim haftalik
Nordik universitetida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, foydali taʼlim dasturlari va metodlar bo‘yicha ilm hamda malakalarni rivojlantirish maqsadida seminar-treninglar tashkillanmoqda.
Unda barcha professor-o‘qituvchilar, prorektorlar, kafedralar mudirlari, departamentlar rahbarlari va ilmiy xodimlar ishtirok etishmoqda.
Treningda prorektorlar tomonidan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, taʼlim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar va ularni faollashtirish yo‘llari keng muhokama etilib, zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, talabalarning darslarda ishtirok etishi va professor-o‘qituvchilar bilan munosabatlari tahliliy o‘rganildi. O‘qituvchilarning o‘quv jarayonlari sifatini oshirish borasidagi takliflari o‘rganildi.
Treningda akademik faoliyat sarhisob qilindi va oldinda turgan vazifalar belgilandi. Ustozlarga Scopus bazasidagi ilmiy jurnallarda maqolalar chiqarish borasidagi yangi tajribalar yetkazildi.
"O‘yinlar nazariyasi: optimal qarorlar!" mavzusidagi trening ham qiziqarli va samarali o‘tdi.
Haftalikda trening ishtirokchilarini kreativ, sanogen va tanqidiy fikrlash texnologiyalari, interfaol o‘qish shakllari va tadqiqotchilik metodlari bo‘yicha qiziqarli master-klasslar kutmoqda.
So'ngi yangiliklar

Malayziyadagi nufuzli universitetlar - yangi hamkorlarimiz!
Ushbu taʼlim tashrifi davomida Nordik universiteti va Malayziyaning nufuzli universitetlari o‘rtasida muhim kelishuvlarga erishildi. Shartnoma va memorandumlar imzolanib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Malayziya Xalqaro Islom universiteti (IUM), Sulton Idris Pedagogika universiteti (UPSI) va UCSI xususiy universitetlari rahbariyatlari hamrohligida xorijiy akademik tajribalar bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida har ikki tomon uchun manfaatli hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Xususan, Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi - TasIMOda Malayziya yosh matematiklar jamoalari ishtirok etadilar.
Hamkorlikda xalqaro ilmiy va qo‘shma grantlarda ishtirok etiladi. Talabalar uchun "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil", "Malayziya bo‘ylab sayohat qil" yozgi taʼlim turizmi tashkil etiladi.
Shuningdek, Malayziya talabalarining Nordik qoshida tashkil etilayotgan Rovan universitetining (AQSh) Markaziy Osiyo bo‘yicha markazida taʼlim olishlariga sharoit yaratiladi.

Finlandiyada taʼlim innovatsiyalari: O‘zbekiston pedagoglari malaka oshirmoqda
Delegatsiya aʼzolari universitetning noyob taʼlim tizimi, innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlari va tadqiqotlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Jvyaskyla universiteti nafaqat ilmiy tadqiqotlar, balki innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish bo‘yicha ham boy tajribaga ega. Malaka oshirish jarayonida universitet olimlaridan bu tajribalar keng o‘rganilmoqda.
Shuningdek, universitetning zamonaviy kutubxona tizimi, unda saqlanayotgan noyob kitoblar, tadqiqot materiallari va elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishildi.
Bu malaka oshirish o‘quvi pedagoglar uchun nafaqat yangi bilimlar olish, balki kelgusida yurtimiz taʼlim sifatini oshirishda qo‘llash mumkin bo‘lgan tajribalarni o‘zlashtirish imkoniyatini bermoqda.
Finlandiya taʼlim modeli O‘zbekiston uchun qanday natijalar keltirishi mumkin? Ilmiy amaliyot jarayonlarida shu kabi savollarga javoblar izlashda davom etilmoqda.

Magistrantimiz "Worldskills Samarkand-2025" kasblar chempionatida - bosh ekspert!
U "Worldskills Samarkand-2025" V milliy kasblar chempionatida esa bosh ekspert sifatida ishtirok etdi.
Elmira Usmanova o‘z tajribasini respublikaning 66 ta texnikumidan kelgan 300 nafarga yaqin pedagoglar bilan bo‘lishdi. Master-klass va mahorat darslari o‘tib berdi.
U xalqaro anjuman davomida pedagoglar bilan o‘zaro tajriba almashish, magistrlik ishi doirasidagi tadqiqotlarini yanada boyitishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Xalqaro Nordik universiteti delegatsiyasi Malayziyada taʼlim safarida bo‘lib turibdi
Nufuzli anjuman ochilishida davlatlarimiz Madhiyalari yangradi, madaniy chiqishlar namoyish etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Malayziya Oliy taʼlim vaziri Zambry Abdul Kadir ikki mamlakat o‘rtasida oliy taʼlim sohasida mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida taʼkidladilar.
Forum doirasida Xalqaro Nordik universiteti hamda Malayziyaning Osiyo Tinch okeani texnologiya va innovatsiya universiteti (APU), Sulton Idris Pedagogika universiteti (UPSI), Utara universiteti (UUM) kabi qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Nordik universiteti qo‘shma taʼlim dasturlariga Malayziya yoshlarini jalb etish va ularning Finlandiyada o‘qishni davom ettirishlariga ko‘maklashish, talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish dasturlarini joriy etish kabi istiqbolli yo‘nalishlarda muzokaralar olib borilmoqda.
Shuningdek, Toshkent shahrida "O‘zbekiston-Malayziya biznes va taʼlim forumi"ni tashkil etish, xorijiy investorlar bilan talabalarga qulaylik yaratishni ko‘zda tutuvchi loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvlarga erishilyapti.