Malaka oshirish kursi: Finlandiya ta’lim tizimi keng o‘rganiladi

Malaka oshirish kursi: Finlandiya ta’lim tizimi keng o‘rganiladi

April 23 , 2023

|

1513

XNU tomonidan Finlyandiyada malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.

📌 Xalqaro Nordik universiteti Finlandiyaning Helsinki, Jyväskylä, Kareliya va JAMK amaliy fanlar hamda pedagogika institutlari bilan hamkorlikda malaka oshirish kursini tashkil etmoqda!

📅 Kurs sanasi: 24-aprel – 7-may

📍 Joylashuv: Finlandiya, turli universitet va institutlar

🔹 Bugun XNUda Finlandiyada malaka oshirish safari oldidan seminar-trening boshlandi.

🔹 Unda yurtimizdagi 10 ta oliy ta’lim muassasasidan 25 nafar rahbar xodimlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishmoqda.

🔹 Kurs davomida Fin ta’lim tizimining ilg‘or yondashuvlari va innovatsion pedagogika usullari o‘rganiladi.

📢 Malaka oshirish kursi xalqaro ta’lim tizimining eng yaxshi tajribalaridan foydalanish va o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qiladi!