Mazkur e’tirof uning ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiy mas’uliyati hamda yosh avlodga zamonaviy va sifatli ta’lim berish yo‘lidagi fidokorona faoliyatining munosib natijasidir.
Mukofot Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova tomonidan tantanali topshirildi. Ushbu e’tirof Xalqaro Nordik universitetining O‘zbekistonda fin ta’limi modelini amaliyotga tatbiq etish, xalqaro tajribani mahalliy ta’lim muhitiga samarali olib kirish va fin mutaxassislari ishtirokida ilg‘or pedagogik yondashuvlarni yosh avlodga yetkazish yo‘lidagi izchil faoliyatining ham e’tirofidir.
Nordik jamoasi nomidan Gulshan Baxtiyorovnani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!
Eʼtirof: Nordik maktabi faoliyatiga yuksak baho!

September 30 , 2026
122
Xalqaro Nordik universiteti Nordik xalqaro maktabi Boshqaruv kengashi raisi, direktor Omonova Gulshan Baxtiyorovna 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring