Xalqaro Nordik universitetida EdTech va GraphoGame asoschisi, ekspert Mervi Palander bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Raqamli ta'limning zamonaviy yechimlarini yaratish va startaplar bilan ishlash bo‘yicha 25 yillik xalqaro innovatsion tajribaga ega GraphoGame platformasi asoschisi bilan onlayn ta'lim texnologiyalari va imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Uchrashuvda Finlandiya pedagogikasi bilan uyg‘un, dizayn xususiyatli CLANED platformasini O‘zbekistonda tatbiq etish va o‘quvchilar hamda talabalarni eng yaxshi natijalarga olib chiqishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.




