Ushbu taʼlim tashrifi davomida Nordik universiteti va Malayziyaning nufuzli universitetlari o‘rtasida muhim kelishuvlarga erishildi. Shartnoma va memorandumlar imzolanib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Malayziya Xalqaro Islom universiteti (IUM), Sulton Idris Pedagogika universiteti (UPSI) va UCSI xususiy universitetlari rahbariyatlari hamrohligida xorijiy akademik tajribalar bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida har ikki tomon uchun manfaatli hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Xususan, Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi - TasIMOda Malayziya yosh matematiklar jamoalari ishtirok etadilar.
Hamkorlikda xalqaro ilmiy va qo‘shma grantlarda ishtirok etiladi. Talabalar uchun "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil", "Malayziya bo‘ylab sayohat qil" yozgi taʼlim turizmi tashkil etiladi.
Shuningdek, Malayziya talabalarining Nordik qoshida tashkil etilayotgan Rovan universitetining (AQSh) Markaziy Osiyo bo‘yicha markazida taʼlim olishlariga sharoit yaratiladi.








