📌 Xalqaro Nordik universiteti va Finlandiyaning Kareliya amaliy fanlar universiteti (https://karelia.fi/en/about-us/) o‘rtasidagi strategik hamkorlik doirasida universitetimizning Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Muxlisa Shuhratova Finlandiyada bo‘lib turibdi.
🎓 Tashrif davomida quyidagi uchrashuv va muloqotlar rejalashtirilgan:
✅ Kareliya universiteti Prezidenti, professor Petri Raivo bilan uchrashuv
✅ Kafedralar professor-o‘qituvchilari bilan tajriba almashish
✅ Talabalar bilan akademik hamkorlik bo‘yicha muloqotlar
📌 Tashrif bir hafta davom etadi va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.




