Britaniya Kengashi vakillari - XNUda

Britaniya Kengashi vakillari - XNUda

December 09 , 2022

|

1632

Britaniya Kengashi vakillari bilan ingliz tilini o‘rgatish va ta’lim hamkorligi muhokama qilindi.

Universitetga Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi direktori Denise Waddingham va uning o‘rinbosari Jamilya G‘ulyamova tashrif buyurdi.


Universitet rahbariyati va nufuzli mehmonlar o‘rtasida kechgan muzokara davomida talaba-yoshlarga ommalashib borayotgan ta'lim platformalaridan foydalanib, ingliz tilini yanada chuqurroq o‘rgatish, hamkorlikda o‘qituvchilar uchun maxsus treninglar tashkil etish borasida so‘z bordi.


Buyuk Britaniyaning oliy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha tajribasini ommalashtirish, Britaniya oliygohlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha o‘zaro manfaatli muloqot olib borildi.