Amaliy dars: talabalar kasbiy faoliyatga tayyorlanmoqda

Amaliy dars: talabalar kasbiy faoliyatga tayyorlanmoqda

March 22 , 2025

|

1826

Pedagogika kafedrasi qoshidagi "LogoNordik" laboratoriyasida Logopediya yo‘nalishi talabalarining nazariy bilimlarini mustahkamlash va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida amaliy darslar tashkil etilmoqda.

Mashg‘ulotlar talabalar uchun nutq buzilishlarini aniqlash, tahlil qilish va tuzatish bo‘yicha amaliy tajriba orttirish imkoniyatini bermoqda. 


Bemorlar bilan individual ishlash ko‘nikmalari shakllantirilib, logopedik mashqlar, o‘yinlar va texnikalar amaliyotda sinab ko‘rilyapti. Bolalarda turli texnika va usullardan foydalangan holda nutq rivojlanishini rag‘batlantirish, real holatlar bilan ishlash orqali tajriba orttirishga imkoniyat yaratilmoqda. 


Amaliy darslarda talabalar o‘rtasida muloqot ko‘nikmalari va jamoaviy ishlash qobiliyati oshirilyapti. Logopediya amaliyoti asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha puxta poydevor qo‘yilmoqda.

photo-2025-03-20-15-03-40
Ko‘rib chiqish
photo-2025-03-20-15-03-40-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-03-19-11-10-40
Ko‘rib chiqish