Erasmus grantlari qo‘lga kiritildi

Erasmus grantlari qo‘lga kiritildi

January 08 , 2025

|

2081

Akademik mobillik

Erasmus+ KA171 ICM xalqaro dasturi grantlari yutib olindi. 


Grant asosida Nordik universiteti 3 nafar talabasining WSEI (Polsha) universitetida o‘qish xarajatlari qoplab beriladi. Grant sohiblari faqat bilim olish va fan bilan mashg‘ul bo‘lishlari uchun stipendiya ham ajratiladi. 


Nordikning 2 nafar professor-o‘qituvchisi ham joriy yilda Polshaning Lublin shahriga yo‘l oladilar. Ular nufuzli oliygohda dars berish bilan birga treninglarda ishtirok etib, malaka oshiradilar.


Mobillik davomida barcha xarajatlar dastur tomonidan qoplanishi ko‘zda tutilmoqda.