Xalqaro Nordik Universiteti - bu Shimoliy Yevropa davlatlari, xususan Finlyandiya oliy ta’lim modeli va ilg‘or standartlariga asoslangan xususiy oliy ta'lim muassasasi. Ushbu oliygoh Toshkent shahrida Kareliya amaliy fanlar universiteti (UAS), Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK) umumta’lim maktabi, "Nokia" transmilliy korporatsiyasi, Finnish Water Forum tashkiloti va Isku kompaniyalarining bevosita qo‘llab-quvvatlashlari negizida Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi ilg‘or yutuqlariga asoslangan holda faoliyat boshladi.
Universitetning maqsadi - respublikada ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ta’lim sifatini yaxshilash, zamonaviy kadrlarni tayyorlash, sohaga doir ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, yoshlarning amaliy fanlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish bilan uzviy integratsiyasini jadallashtirishdir




