Yangiliklar
Parlament hayoti: Nordik talabalari qonunlar yaratilish jarayonini o‘rgandilar

June 09 , 2026
96
Nordik universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurib, mamlakat qonunchilik tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida talabalar Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi faoliyati bilan tanishib, deputatlar ishtirokidagi ochiq muloqotda qatnashdilar.
Uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosati, yangi qonunlarning mazmun-mohiyati, siyosiy partiyalar fraksiyalari, qo‘mitalar, Yoshlar parlamenti hamda parlament faoliyatining muhim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ayniqsa, qonun loyihalarining yaratilishidan tortib, muhokama va qabul qilinishigacha bo‘lgan jarayonlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Deputatlar yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berib, o‘z faoliyatlarining amaliy jihatlarini ochib berdilar.
Ekskursiya doirasida talabalar Oliy Majlis tarixiga bag‘ishlangan muzey, zamonaviy parlament kutubxonasi va qonunlar qabul qilinadigan majlislar zalini ham ko‘zdan kechirdilar.
Ushbu uchrashuv yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini boyitib, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qildi.



So'nggi yangiliklar

Yakuniy marra — imtihonlar o‘tkazilmoqda
Fanlar xususiyatlaridan kelib chiqib, imtihonlar test hamda amaliy ijro shaklida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.
Har bir akademik guruh tasdiqlangan grafik bo‘yicha bosqichma-bosqich imtihon topshiryapti. Talabalarning puxta tayyorgarlik ko‘rishi uchun kutubxona fondidan samarali foydalanish, qo‘shimcha maslahatlar olish imkoniyatlari yaratilmoqda.
Imtihonlar talabalar bilimini baholash bilan birga ta’lim sifatini yanada takomillashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yaʼni, mazkur jarayonlarda maxsus so‘rovnomalar o‘tkazilib, talabalar fikri va takliflari o‘rganilyapti.

Pushkin olamiga sayohat: qiziqarli adabiy bellashuv o‘tkazildi
Anjumanda talabalar Pushkin hayoti va ijodi haqidagi turli intellektual hamda ijodiy sinovlarda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar.
Qiziqarli tanishtiruv, mantiqiy rebuslar va adabiy topshiriqlarni ishtirokchilar katta qiziqish bilan bajardilar. Ayniqsa, mashhur multfilm qahramonlariga ovoz berish jarayoni tadbirga ijodiy ruh va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Bu uchrashuv talabalarning ijodiy fikrlashi, jamoada ishlash ko‘nikmalari va madaniy dunyoqarashlarini boyitdi.
🏆 G‘olib jamoalar:
🥇 “Пульс” — 1 TM 25
🥈 “Говорунчики” — 1 JK 25, 2 JK 25
🥉 “4 слога” — 1 ML 25, 4 Ji 25, 1 MT 25
🏅 “Красная строка” — 1 EK 25, 1 PS 25, 1 BM 25.
Talabalar Pushkinning o‘lmas satrlari mohiyati bilan kengroq tanishib, tafakkurlari charxlandi va o‘zlari uchun yangi ilhom manbalarini kashf etdilar.

Universitet kelajagini belgilovchi muhokamalar — Kengash yig‘ilishida
Unda ta’lim sifati monitoringi, qabul jarayonlarini takomillashtirish, talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda universitet faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga oid qator masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan muhim masalalardan biri — ta’lim sifatini ta’minlashning ichki monitoring tizimini yanada takomillashtirish va uni yuqori saviyada tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha hisobotlar tinglandi. Ta’lim jarayonining sifat ko‘rsatkichlarini muntazam baholash, natijadorlikni oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, “Qabul–2026” kampaniyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinib, yangi marketing strategiyasining ahamiyati, “Nordic-CRM” platformasidan samarali foydalanish hamda abituriyentlar bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlarini joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yozgi maktablar va turli klublar faoliyatini rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu borada talabalarning ilmiy, ijodiy va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi.
Kengashda HEMIS platformasida fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarni joylashtirish holati monitoringi hamda professor-o‘qituvchilarning reyting ko‘rsatkichlari yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi. Ta’lim resurslarining to‘liqligi va sifati bo‘yicha mavjud holat tahlil qilinib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish davomida "TasIMO–2026" xalqaro olimpiadasini tashkil etish doirasida amalga oshirilgan ishlar va natijalar sarhisob qilinib, kelgusida musobaqaning ilmiy salohiyati va qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarini xorijiy davlatlarga yuborish tartibini belgilovchi nizom loyihasi ko‘rib chiqildi.
Bitiruvchi talabalarning yakuniy davlat attestatsiya imtihonlarini tashkil etish masalalari ham ko‘rildi.
“Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalari bosh muharriri, taniqli adib va jamoat arbobi O‘tkir Rahmatga universitetning “Faxriy professori” unvonini berish taklifi bir ovozdan yoqlandi.
Kun tartibidagi asosiy masalalar bilan bir qatorda o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni nashrga tavsiya etish tizimini takomillashtirish, pedagog-o‘qituvchilarni dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimlarga o‘tkazish hamda dotsent ilmiy unvonini olish uchun nomzodlar hujjatlarini elektron platformaga yuklash bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar va ijro muddatlari belgilab berildi.
Kengash yig‘ilishida yangi ilmiy yutuqlarga erishgan ustozlarga professorlik va dotsentlik diplomlari taqdim etildi. Kengash aʼzolari diplom egalarini bu yutuqlari bilan samimiy tabrikladilar.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi: O‘zbekiston global iqtisodiyot xaritasida
Mazkur maqolada O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotidagi yangi o‘rni, investitsiyaviy jozibadorligi va iqtisodiy islohotlar natijalari ilmiy-tahliliy yoritilgan.
Toshkent xalqaro investitsiya forumi oldidan ushbu nufuzli anjumanning mohiyati ochib berilgan. Forum Markaziy Osiyoning eng yirik investitsion maydonlaridan biriga aylanib, global investorlar, xalqaro moliya institutlari va biznes vakillarini bir nuqtada jamlayotgani qayd etilgan.
Forumning 2026-yildagi mavzusi — “Investitsiya barqarorligi: yangi ufqlar, yangi sherikliklar” bo‘lib, bugungi global iqtisodiy noaniqliklar sharoitida kapitalni himoya qilish va yangi hamkorlik mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan.
Maqolada forum mamlakatning global iqtisodiy tizimdagi o‘rnini mustahkamlovchi strategik platforma sifatida talqin qilingan.
Muallif bunga bir nechta omillarni sabab sifatida ko‘rsatgan. Maqolaning batafsil mazmuni bilan "Yangi O‘zbekiston" gazetasining 6-iyun kungi sonida tanishishingiz mumkin.