"O‘zbekiston uchun dunyo bozorlari ochildi"

"O‘zbekiston uchun dunyo bozorlari ochildi"

October 11 , 2022

|

1747

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Xususan, AQSh Mehnat vazirligi tomonidan O‘zbekistonda yetishtirilgan paxta va undan tayyorlangan mahsulotlarni olib kirishga qo‘yilgan rasmiy cheklov bekor qilinishi ana shunday islohotlar mevasidir. Ushbu xushxabar nafaqat paxta to‘qimachilik sanoati xodimlari, balki ziyolilarimizni, butun mamlakatimiz aholisini xursand qildi. Zero, bu boradagi ta'qiqlarning yechilishi ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Shu ma'noda Qudratilla Rafiqovning "Xalq so‘zi", "Ishonch" gazetalari, qator internet nashrlarida da e'lon qilingan "Dunyoni tan oldirish osonmi?" maqolasi yurtdoshlarimizning dilidagi gap bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. "Ishonch" va "Xalq so‘zi" gazetalarining bugungi sonida "Aks sado" ruhidagi qator maqolalarda paxta bo‘yicha cheklovlarning olib tashlanishi sohada istiqbolli rivojlanishga keng yo‘l ochishi xususida fikr yuritilgan. Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulovning "O‘zbekiston uchun dunyo bozorlari ochildi" sarlavhali maqolasida o‘zbek paxtasi va to‘qimachilik mahsulotlariga qo‘yilgan cheklovlarning yechilishi mamlakatimizda millionlab yangi ish o‘rinlari yaratish, qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro standartlarni joriy etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va eksport xajmiji oshirishga xizmat qilishi qayd etilgan.