O‘zbekiston — Amerika: xalqaro dasturlar, yangi imkoniyatlar muhokama markazida

O‘zbekiston — Amerika: xalqaro dasturlar, yangi imkoniyatlar muhokama markazida

June 23 , 2026

|

1709

AQShning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri Rowan University Prezidenti Ali Houshmand boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Tashrif doirasida doktor Ali Houshmand hamda Milanj Diamonds kompaniyasi Prezidenti Jalil Bami Xalqaro Nordik universiteti rahbariyati bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi akademik hamkorlik istiqbollari yuzasidan keng qamrovli muzokaralar olib bordilar.


Muloqotda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, double degree loyihalarini samarali amalga oshirish, o‘quv rejalarini integratsiyalash masalalariga eʼtibor qaratildi.


Uchrashuv davomida xalqaro dasturlar doirasida faoliyat yuritadigan professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, ularning ilmiy va pedagogik malaka mezonlarini belgilash, ta’lim sifatini xalqaro akkreditatsiya talablari asosida ta’minlash hamda talabalar uchun imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

photo-2026-06-22-22-18-53
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-22-22-31-19
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-22-22-18-53-2
Ko‘rib chiqish