Talabalarimiz noyob xazinalar maskanida bo‘ldilar

Talabalarimiz noyob xazinalar maskanida bo‘ldilar

November 04 , 2022

|

1539

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning xalqimizni eng kitobxon millatga aylantirish borasidagi ezgu intilishlari bois Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "INFOLIB UZBEKISTAN - 2022" XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi yuksak saviyada o‘tkazilmoqda.

Bugun universitetimiz talabalari ushbu ma'rifiy haftalik doirasidagi anjumanda ishtirok etdilar. Dastlab kutubxona xodimlari hamrohligida bilimlarni boyitish uchun barcha sharoitlarga ega ziyo maskani bilan tanishdilar va Milliy kutubxona a'zolariga aylandilar. Talabalarimiz Usmon Nosir tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasida ishtirok etdilar. Shuningdek, Javlon Jovliyev pyesasi asosida sahnalashtirilgan spektaklni tomosha qilib, ma'naviy ozuqa oldilar.