Ta’limdan yashil energetikagacha: Gonkong delegatsiyasi bilan muhim uchrashuv

Ta’limdan yashil energetikagacha: Gonkong delegatsiyasi bilan muhim uchrashuv

September 05 , 2026

|

100

Xalqaro Nordik universitetida ICLEI xalqaro tashkiloti hamda Gonkong hukumati departamentlari rahbarlaridan iborat delegatsiya bilan istiqbolli hamkorlikka bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda yashil energetika, barqaror rivojlanish, innovatsiyalar va zamonaviy mutaxassislar salohiyatini oshirish masalalarida so‘z bordi.

Tomonlar, xususan, capacity building doirasida trening va ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, yashil energetika bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda Xalqaro Nordik universiteti vakillari 2027-yilda Gonkongda o‘tkaziladigan Vodorod simpoziumi va Study Tour dasturida ishtirok etishga taklif qilindi.

Mazkur muloqot Nordikning yashil energetika, ta’lim va innovatsiyalar bo‘yicha xalqaro hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish, ilg‘or tajribalarni ta’lim jarayoniga olib kirish va yangi qo‘shma loyihalarni shakllantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.

Foto galereya

6
photo-2026-09-05-20-45-50-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-05-20-45-50
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-05-20-45-51-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-05-20-45-51
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-05-20-45-52-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-05-20-45-53
Ko‘rib chiqish