Yangi talabalar universitet jamoasi tomonidan iliq kutib olindi. Jasorat bog‘ida tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi sadolari yangradi.
Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor Sherzod Mustafakulovning tabrik so‘zi tinglandi. Magistratura mutaxassisliklarida ilm olish arafasida turgan 1000 nafardan ziyod talabalar yangi akademik bosqich bilan qutlandi.
Bayramona dastur “Nordik taronasi” ansamblining musiqiy chiqishlari, kofe-breyk bilan ko‘tarinki ruhda davom etdi.
Shundan so‘ng yangi akademik bosqichni boshlayotgan talabalar universitetning ta’lim va ilmiy-tadqiqot muhiti bilan yaqindan tanishtirildi. Ularning akademik jarayonlarga moslashuvini ta’minlash hamda magistraturadagi ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha keng ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga ahamiyat qaratildi.
Universitetning akademik va noakademik hayoti, qadriyatlari, odob-axloq qoidalari, talabaning huquq va majburiyatlari, ta’lim olish maqsadlari va shartlari, mustaqil ta’limning o‘rni hamda kredit-modul tizimi haqida tizimli ma’lumotlar berildi.
Tanishtiruv kunidagi uchrashuvlar talabalarga ta’lim jarayonining amaliy jihatlari va magistraturadagi keyingi faoliyat uchun muhim yo‘nalishlarni belgilash imkonini berdi.
Ilmiy muhit sari ilk qadam qo‘ygan magistrantlarga mustaqil ta’lim, akademik mas’uliyat, ilmiy izlanish va professional rivojlanish o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni anglashda zarur yo‘nalishlar berildi.
Yangiliklar
Orientation day: Nordikda yangi magistrantlar kutib olindi!

October 03 , 2026
87
Xalqaro Nordik universitetida 1-kurs magistratura talabalari uchun “Orientation Day” o‘quv-tanishtiruv kuni tashkil etildi.
Foto galereya
6
Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring