Navbatdagi press-tur bekati – Shvetsiya!

Navbatdagi press-tur bekati – Shvetsiya!

April 16 , 2023

|

1407

XNU va "Xalq so‘zi" ijodiy guruhi Shvetsiyaga press-tur uyushtirdi.

📰 Xalqaro Nordik universiteti va "Xalq so‘zi" gazetasi vakillaridan iborat ijodiy guruh Skandinaviya yarim orolining sharqiy qismida joylashgan innovatsiyalar mamlakati – Shvetsiya Qirolligiga tashrif buyurdilar.

📍 Delegatsiya O‘zbekistonning Shvetsiyadagi diplomatik vakolatxonasida bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan muhokamalar olib bordi.

📷 Ilm-fanni moliyalashtirish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblangan Shvetsiyaning e’tiborga molik joylari bo‘yicha fotoreportaj tayyorlandi va muhim ma’lumotlar to‘plandi.

📢 Press-tur davom etmoqda! Yangi innovatsiyalar va hamkorlik istiqbollari haqida tez orada yana ma’lumot beramiz.