Nyu-Jersidagi AI markazidan taassurotlar

Nyu-Jersidagi AI markazidan taassurotlar

July 27 , 2026

|

1054

AQSHda AI bo‘yicha malaka oshirish dasturi ishtirokchilari Nyu-Jersidagi Sun’iy intellekt markazi (AI Hub)ga tashrif davomida innovatsiyalarni tizimli rivojlantirish modeli bilan tanishdilar.

— Markazning asosiy vazifasi universitetlar, tadqiqotchilar va innovatorlarning istiqbolli g‘oyalarini bir platformada jamlash, ularni muvofiqlashtirish hamda tayyor mahsulot va biznesgacha olib borishda har tomonlama ko‘maklashishdan iborat.

Bu yerda kovorking maydonlari, mentorlik dasturlari, texnologik ekspertiza, investorlar bilan hamkorlik va tijoratlashtirish mexanizmlari yagona tizim sifatida ishlaydi. Natijada g‘oyalar xalqaro bozorda raqobatlasha oladigan innovatsion mahsulotga aylantiriladi, —
deydi delegatsiya rahbari, Nordik prorektori Odil Qo‘ysinov. — Bunday tajribalar sun’iy intellekt sohasida ta’lim, ilm-fan va biznes hamkorligini mustahkamlash, innovatorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi texnologik yechimlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Princeton university hamkorligida faoliyat yuritayotgan ushbu innovatsion markazda ishtirokchilar AIni boshqarish va innovatsiyalarni tijoratlashtirish mexanizmlari, zamonaviy data centerlar faoliyati hamda ularning sun’iy intellekt rivojidagi ahamiyati bilan tanishdilar. AI infratuzilmasini boshqarish bo‘yicha interaktiv va rolli mashg‘ulotlarda universitet, sanoat va davlat hamkorligining samarali modellarini amaliy misollar orqali o‘rgandilar.

Mazkur AI bo‘yicha xalqaro malaka oshirish kursi xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ularni O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish va sun’iy intellekt sohasida yangi liderlarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Chop etish

So'nggi yangiliklar

7 ta yangi adabiyot — ilmiy salohiyatning navbatdagi natijasi

7 ta yangi adabiyot — ilmiy salohiyatning navbatdagi natijasi

Nashrga tavsiya etilgan yangi adabiyotlar:

“Vokal ijrochiligi” o‘quv qo‘llanmasi — Charos Axmedova
“Loyiha boshqaruvi” darsligi — Xasan Sabirov, Oybek Rahimberdiyev, Xurshidjon Tolibjonov.

“Economics Theory I” darsligi — Elshod Umarov.

“Ona tilini o‘qitishning nazariy asoslari” o‘quv qo‘llanmasi — Shahrizoda G‘ofurova.

“Xulq-atvor iqtisodiyoti” o‘quv qo‘llanmasi — Javlonbek O‘razaliyev.

“A Study Guide for Literature of English-Speaking Countries” o‘quv qo‘llanmasi — Dilshod Nasriddinov.

“English for Finance and Economics” o‘quv qo‘llanmasi — Nargiza Djurayeva.

Bu adabiyotlar musiqa ta’limi, pedagogika, menejment, iqtisodiyot, lingvistika va moliya kabi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun zamonaviy akademik manba bo‘lib xizmat qiladi.

Muhimi, Nordikda ilmiy faoliyat faqat maqola va tadqiqotlar bilan cheklanmayapti. Yangi bilimlar yaratilmoqda, tizimlashtirilmoqda va bevosita ta’lim jarayoniga olib kirilmoqda.

Nordik va INTER NATION ENGLISH SCHOOL: yoshlar uchun yangi hamkorlik

Nordik va INTER NATION ENGLISH SCHOOL: yoshlar uchun yangi hamkorlik

Samimiy muloqot davomida ingliz tilini chuqur o‘rganayotgan yoshlarning oliy ta’limga tayyorgarligini kuchaytirish, akademik va amaliy tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar ishtirokida ma’ruzalar, ochiq eshiklar kunlari hamda qo‘shma ta’lim tadbirlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri — yoshlar bilimini xolis baholash va akademik shaffoflikni ta’minlash. Shu orqali ingliz tilini puxta egallayotgan yoshlar uchun til ta’limidan oliy ta’limga o‘tish jarayonini yanada qulay, shaffof va amaliy qilish ko‘zda tutilmoqda. Kelishuvga ko‘ra, INTER NATION ENGLISH SCHOOLda IELTS kurslari yakunida o‘tkaziladigan ichki imtihon natijalarini Nordik universitetining qabul jarayonida tan olish mexanizmi bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.

Yana bir muhim imkoniyat — yuqori natija ko‘rsatib, Nordik universitetiga qabul qilingan iqtidorli yoshlarni ta’lim grantlari orqali qo‘llab-quvvatlash masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

Uchrashuv yakunida ikki tomon o‘rtasida memorandum imzolandi. Mazkur kelishuv o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, til bilimi, zamonaviy ta’lim va yoshlar salohiyati borasidagi imkoniyatlarni birlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Nordik nashriyotidan ilm-fanga yangi tuhfalar!

Nordik nashriyotidan ilm-fanga yangi tuhfalar!

📖 "Essentials of Economics, Business and Tourism in English" — iqtisodiyot, biznes va turizm yo‘nalishlari talabalari uchun B1–B2 darajadagi kasbiy ingliz tilini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy qo‘llanma.

📘 "Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ish hujjatlarini yuritish" — maktabgacha ta’lim tizimida hujjatlarni yuritishning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlarini yorituvchi muhim qo‘llanma.

📗 "Menejment asoslari" — zamonaviy boshqaruv, strategik fikrlash, liderlik, resurslardan samarali foydalanish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini qamrab olgan dolzarb o‘quv qo‘llanma.

Ushbu yangi nashrlar talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlab, ularni mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh va zamonaviy mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, bu qo‘llanmalar tegishli sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun ham ishonchli amaliy manbadir.

Nordik va Xushnudbek: taʼlim, media va yoshlar manfaatlari yo‘lida hamkorlik

Nordik va Xushnudbek: taʼlim, media va yoshlar manfaatlari yo‘lida hamkorlik

Bugungi kunda yoshlar taʼlimni nafaqat auditoriyada, balki raqamli platformalar, ochiq bilim manbalari va ishonchli axborot orqali ham tanlayapti. Shu nuqtai nazardan uchrashuv davomida zamonaviy taʼlim muhitini rivojlantirish, taʼlim platformalarini takomillashtirish, yoshlar uchun foydali taʼlim va media loyihalarni yaratish hamda bilimni ommalashtirishga qaratilgan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xushnudbek Xudoyberdiyev yillar davomida abituriyentlar, talabalar va keng jamoatchilikka oliy taʼlim, qonunchilik hamda ijtimoiy masalalar bo‘yicha tezkor va ishonchli maʼlumot yetkazib kelmoqda. Uning faoliyati yoshlarning to‘g‘ri qaror qabul qilishi, taʼlim imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishi va huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Nordik universiteti esa sunʼiy intellekt, raqamli ta'lim va xalqaro tajribalarni uyg‘unlashtirgan innovatsion taʼlim muhitini rivojlantirishni o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida davom ettirmoqda.

Ushbu uchrashuvda taʼlim sifatini oshirish, ochiq muloqotlarni kuchaytirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish