Nufuzli diplomatik tashrif bo‘lib o‘tdi

Nufuzli diplomatik tashrif bo‘lib o‘tdi

January 26 , 2026

|

1775

Xalqaro Nordik universitetida yana bir muhim va tarixiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiya, Norvegiya va Daniya Qirolliklaridagi favqulodda va muxtor elchisi Rahmatulla Nurimbetov, Germaniya Federativ Respublikasi va Shveysariyadagi elchi Dilshod Axadov, Vengriya, Xorvatiya, Chernogoriya, Serbiya va Sloveniya Respublikalaridagi elchi Oybek Shaxavdinov, shuningdek, O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili va mamlakatimizning Kubadagi birinchi elchisi Ulug‘bek Lapasov universitetga tashrif buyurdilar.


Nordik universiteti rahbariyati va Kengash a’zolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ilm-fan, akademik diplomatiya va xalqaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Elchilar yurtimiz oliy ta’lim muassasalarini global ta’lim makonida raqobatbardosh ilmiy markazlar sifatida rivojlantirish, Nordik universitetini intellektual va ilmiy xalqaro xab sifatida amaliy qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.


Uchrashuv davomida Nordik davlatlari taraqqiyotining tarixiy bosqichlari, ularning o‘ziga xos modeli va identivligi, tinchlik diplomatiyasi, madaniy-siyosiy hamda ilmiy integratsiya, shuningdek, ta’limning global jarayonlardagi strategik o‘rni alohida ta’kidlandi.


Mazkur tadbirning e’tirofga molik lahzalaridan biri — xalqaro munosabatlar sohasida boy tajribaga ega, siyosiy fanlar doktori (DsC) Rahmatulla Nurimbetovga Xalqaro Nordik universiteti Faxriy professori ilmiy unvonining topshirilishi bo‘ldi. Ushbu qaror universitetning ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash, akademik diplomatiyani rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamdir. 


Nufuzli elchilar ishtirokidagi ushbu tashrif Nordik mamlakatlari bilan ta’lim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish, qo‘shma tadqiqotlar va akademik almashinuvlarni kengaytirish, talabalar hamda yosh tadqiqotchilar uchun xalqaro tajribaga tayangan bilim manbalari va imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

photo-2026-01-26-16-35-43
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-26-16-35-43-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-26-16-35-43-3
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-26-16-35-44
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-26-16-36-10-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-26-16-35-44-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-26-16-36-10
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-26-16-36-11-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-26-16-36-10-3
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-26-16-35-45-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-26-16-35-45
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-26-16-35-45-6
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-26-16-35-45-5
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-26-16-36-11-3
Ko‘rib chiqish
photo-2026-01-26-16-36-11
Ko‘rib chiqish
Chop etish

So'nggi yangiliklar

Inson ruhiyatini anglash san’ati: Nordikda mahorat darsi o‘tkazildi

Inson ruhiyatini anglash san’ati: Nordikda mahorat darsi o‘tkazildi

Dars psixologiya fanlari doktori (DSc), professor Abdumo‘min Rasulov tomonidan olib borildi.


Mashg‘ulot davomida talabalar psixodiagnostik tekshiruvning nazariy asoslari, diagnostik test va so‘rovnomalardan foydalanish, kuzatuv usullari, natijalarni tahlil va interpretatsiya qilish, amaliy misollar asosida tadqiqot olib borish bo‘yicha muhim bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.


Ayniqsa, nazariya va amaliyot uyg‘unligida tashkil etilgan ushbu mahorat darsi Psixologiya yo‘nalishi talabalari uchun tajriba maktabi vazifasini o‘tadi.

“Fidoyilar” xotira kechasi: buyuk ma’rifatparvarlar xotirasi eʼzozlandi

“Fidoyilar” xotira kechasi: buyuk ma’rifatparvarlar xotirasi eʼzozlandi

Avlodlar uchrashuvida milliy tafakkur, tarixiy xotira va ma’rifatga hurmatni mustahkamlashga ahamiyat qaratildi.


Mazkur kechada o‘z umrini xalq ma’rifati, ilm-fan va pedagogika rivojiga bag‘ishlagan buyuk ma’rifatparvarlar hayoti hamda faoliyati yodga olindi. Ularning jasorati, ilm yo‘lidagi fidoyiligi va millat kelajagi uchun qilgan xizmatlari bugungi yosh avlod uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilayotgani eʼtirof etildi.


Bugun taraqqiyot haqida gap ketganda, avvalo, ma’rifat va tarbiya masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Aynan ana shunday fidoyi insonlarning boy merosini anglash va qadrlash esa yoshlarning Vatanga muhabbatini, ilmga hurmatini va ma’naviy mas’uliyatini yanada kuchaytiradi.


Xotira kechasi talabalarning mavzuga doir chiqishlari, mehmon maʼruzachilarning ibratli nutqlari bilan mazmunli kechdi.

Nordikda zamonaviy pedagogikaning yangi sahifalari

Nordikda zamonaviy pedagogikaning yangi sahifalari

Bu yangi kitoblar bugungi ta’lim ehtiyojlariga javob beradigan muhim ilmiy va metodik manbalardir.


📘 Nashr etilgan qo‘llanmalar:


“Информационно-коммуникационные технологии” (mualliflar — D. Sabirova, O. Azizov)

“Oila pedagogikasi” (muallif — F. Islamova)

“Maktabgacha ta’limda etnopedagogika” (muallif — M. Xasanova)

“Milliy qadriyatlar asosida 5–6 yoshli bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish metodikasi” (muallif — D. Mahmudova). 


Mazkur qo‘llanmalarda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, milliy qadriyatlar va tarbiya uyg‘unligi, raqamli texnologiyalarni ta’limga tatbiq etish, maktabgacha ta’limning innovatsion metodikalari hamda nazariya va amaliyotni bog‘lovchi metodik tavsiyalar keng yoritilgan.


Ushbu adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tavsiyasi asosida nashr etilgani bilan ham alohida ahamiyatga ega.


Bu nashrlar talabalar uchun puxta bilim manbai, pedagoglar uchun metodik tayanch, ilmiy izlanuvchilar uchun esa zamonaviy ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha muhim resurs vazifasini bajaradi.

Sohibqironni anglash: eng munosib ijodiy ishlanmalar egalari taqdirlandi

Sohibqironni anglash: eng munosib ijodiy ishlanmalar egalari taqdirlandi

Tanlov davomida talabalar Sohibqiron Amir Temur siymosini turli nigoh va yondashuvlar bilan talqin etdilar: strateg va davlat arbobi sifatida tasvirlashdi, adolat, ilm va bunyodkorlikka tayangan siyosatini zamonaviy qarashlar bilan uyg‘unlashtirishdi. 


Ayniqsa, videorolik va esselarda Sohibqiron obrazining bugungi yoshlar tafakkuridagi o‘rni ko‘zga tashlandi. 


Devoriy gazeta tanlovi g‘oliblari:

🥇 1-o‘rin — 1XT25 guruhi

🥈 2-o‘rin — 1JI25 guruhi

🥉 3-o‘rin — 1JI23 guruhi. 


🎥 Videorolik tanlovi g‘olibi:

🏅 Magistratura bosqichi talabalari — 1 MTS 25.


✍️ Esse tanlovi g‘oliblari:

🥇 Asliddin Toshpo‘latov — 1JR25

🥈 Fazliddin Kulturayev — 1JI25

🥉 Nurillo Muxiddinov — 1BM25

🥉 Ilhom Sattarov — 1JI23.


Taqdirlash tadbiri davomida faol va ijodkor talabalar universitet rahbariyati tomonidan e’tirof etildi.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish