Talabalar taqdim etgan loyihalar innovatsion fikrlash, amaliy yechimlar va ijtimoiy foydalilik jihatdan e’tirofga loyiq bo‘ldi. Har bir loyiha universitet rahbariyati tomonidan batafsil ko‘rib chiqilib, tahliliy fikr-mulohazalar, takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ushbu jarayonlar natijasida universitetda yangi tashabbus — “Startap Garaj” yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bu platforma talabalarning g‘oyalarini real loyihalarga aylantirish, ular uchun mentorlik, texnik qo‘llab-quvvatlash va ijodiy maydon yaratishga xizmat qiladi.





