Rektorimiz ustozlarning fidokorona mehnati, ilmiy salohiyati va qalb qo‘ri bilan qilayotgan mehnatlarini yuksak qadrlab, ularga yanada yorug‘ istiqbol yo‘lida kuch-g‘ayrat va omad tiladi.
Ilmiy-amaliy faoliyatda yutuqlarga erishgan, yoshlar bilan samarali ishlagan, targ‘ibot va tashabbuslarda faol bo‘lgan ustozlar alohida taqdirlandilar!
Jamoa a’zolariga sovg‘alar ulashildi, musiqiy lahzalar va samimiy suhbatlar yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Bayramona kayfiyat esa fotolarda aks etdi.
Bayramingiz muborak aziz ustozlar!










