Konstitutsiyaviy huquq fani darsida talabalar uchun mavzularni bevosita huquqni himoya qilish va inson huquqlarini ta’minlash amaliyoti bilan bog‘lash imkoniyati yaratilmoqda. Dars O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari Bekzod Narimanov tomonidan o‘tilmoqda.
Bu fan bo‘lajak huquqshunos uchun samarali ma’ruzalar bilan o‘tiladi. Konstitutsiya normalari amaliyotda qanday ishlashi, inson huquqlari qanday himoya qilinishi va huquqshunos zimmasidagi mas’uliyat nimalardan iboratligini hayotoy tajribalar misolida anglash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Nazariya → tahlil → amaliyot → kasbiy kompetensiya. Nordikdagi Yurisprudensiya ta’limining asosiy maqsadi ham shu — qonunni bilibgina qolmay, huquqni anglaydigan, tahlil qiladigan va jamiyat oldidagi mas’uliyatini his qiladigan mutaxassislarni tayyorlash.
Yangiliklar
Nordikda Yurisprudensiya taʼlimi boshlandi: Konstitutsiyani amaliyot bilan anglaymiz!

September 22 , 2026
34
Nordikda yangi yo‘nalish — Yurisprudensiyaning ilk talabalari uchun ta’lim jarayoni boshlandi.
Foto galereya
6
Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring