Hozirgi paytda bolalar va ota-onalar ham kasb tanlashda qiynalishadi. Bu borada ko‘p izlandim, kasbga oid kitoblar o‘qidim. Afsuski, o‘zbek kitob auditoriyasida kasblarga oid kitoblar uchratmadim.
Chet el yozuvchilarining kitoblarini tarjima qilish niyati ham bo‘ldi, lekin mentalitet va qadryatlarimizga mos kelmas tomonlari topildi. "Bu kitoblarni o‘zim yozsamchi", dedim va ushbu mo‘jaz kitoblar turkumi dunyoga keldi.
Ushbu mo‘jazgina kitobchalar maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim jarayonlarida pedagoglarimiz uchun muhim yordamchi qo‘llanma vazifasini ham o‘taydi.
Bolajonlaringizni mutolaa zavqidan bebahra qoldirmang!
Muhammadali Mamadaliyev,
Xalqaro Nordik universiteti nashriyoti bosh muharriri, jurnalist.




