Nordik xalqaro maktabi ustozlari va o‘quvchilarning ota-onalari tashabbusi bilan o‘tkazilgan an’anaviy xayriya tadbirida mehr-eʼtibor va samimiyat tuyg‘ulari ustuvor bo‘ldi.
Bolajonlarning Qorboboga yozgan beg‘ubor maktublari beiz qolmadi — har bir tilaklari amalga oshirildi.
🎁 Yangi yil sovg‘alari, iliq tilak va tabriklar, kuy-qo‘shiqlar, quvnoq lahzalar va eng muhimi — samimiy mehr bolalar qalbiga nur, yuzlariga esa tabassum ulashdi. ✨













