Muloqot davomida ta’lim, fan, ijtimoiy va iqtisodiy hamkorlik, biznes, mintaqaviy tinchlik va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Shuningdek, xalqaro konferensiya va forumlar, ilmiy uchrashuvlar hamda qo‘shma ilmiy publikatsiyalarni yo‘lga qo‘yish, Nordik davlatlari va Markaziy Osiyo o‘rtasida ta’lim va ilm-fan aloqalarini yanada kuchaytirish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilandi.
Muloqotda O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiya, Norvegiya va Daniya Qirolliklaridagi favqulodda va muxtor elchisi Rahmatulla Nurimbetov, LNI Kuzatuv kengashi raisi Sverker Littorin va Xalqaro aloqalar direktori Linjie Chou Zanadu hamda Xalqaro Nordik universiteti rahbariyati ishtirok etdi.
LNI Lyudvig Nobel tamoyillariga tayangan holda yetakchilar, tadbirkorlar va diplomatlarni birlashtiruvchi, g‘oyalarni amaliy ta’sirga aylantirishga yo‘naltirilgan “think-and-do” institutidir. Uning faoliyatida iqtisodiy, ijtimoiy, insoniy va strategik hamkorlik muhim o‘rin tutadi.
Mazkur muloqot ta’lim, ilm-fan, diplomatiya va biznesni birlashtirgan holda O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim qadam bo‘ldi.
Xalqaro Nordik universiteti mazkur muloqotni tashkil etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi ko‘magi uchun O‘zbekistonning Shvetsiyadagi Elchixonasiga samimiy minnatdorchilik bildiradi.
Yangiliklar
Nordik va Ludvig Nobel Institute: Shvetsiya bilan yangi hamkorlik tashabbuslari

September 11 , 2026
50
Xalqaro Nordik universiteti O‘zbekistonning Shvetsiyadagi Elchixonasi bilan hamkorlikda Shvetsiyaning nufuzli “think-and-do” markazlaridan biri — Ludvig Nobel Institute (LNI) bilan videokonferensiya muloqoti o‘tkazdi.




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring