7–9-sentyabr kunlariga mo‘ljallangan haftalik 1-kurs talabalarini Nordikning akademik muhiti, universitet madaniyati, raqamli va xalqaro imkoniyatlari hamda talabalik hayoti bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan.
Talabalik sari ilk qadam tantanali boshlandi. Bugun — 7-sentyabr kuni — 2500 nafar yosh uchun universitet talabasi maqomini olish va yangi hayot bosqichining boshlanishi bo‘ldi.
Yangi talabalarni Xalqaro Nordik universiteti jamoasi ko‘tarinki kayfiyat va samimiy muhitda kutib oldi.
“Orientation Week”ning tantanali ochilish marosimi Harbiy shon-shuhrat — Jasorat bog‘ida tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi sadolari bilan boshlandi. Minglab yoshlar uchun bu lahzalar oliy ta’limdagi ilk kunni yuksak vatanparvarlik, Vatanga daxldorlik va kelajak oldidagi mas’uliyat tuyg‘usi bilan boshlash imkonini berdi.
Bu tantanali marosim yoshlarning yangi hayot bosqichiga ma’naviy va ruhiy qadam qo‘yishi bo‘ldi.
Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor Sherzod Mustafakulov yoshlarni universitet talabasi bo‘lganlari bilan samimiy muborakbod etdi.
Rektor o‘z tabrigida talabalik davri inson hayotidagi eng muhim va imkoniyatlarga boy bosqichlardan biri ekanini ta’kidlab, barchani universitetdagi har bir imkoniyatdan unumli foydalanishga, bilim olish bilan birga izlanish, tashabbus ko‘rsatish, mustaqil fikrlash va o‘z ustida muntazam ishlashga chorladi.
Zamonaviy universitetda talaba tayyor bilimni qabul qiluvchi emas, balki o‘z ta’lim yo‘lini shakllantiradigan faol shaxsdir. Shu bois talabalik yillaridan unumli foydalanish, yangi bilim va kompetensiyalarni egallash, universitet hayotida faol ishtirok etish har bir yoshning kelajakdagi muvaffaqiyatiga xizmat qilishi aytib o‘tildi.
Rektorning tabrigi yangi talabalar uchun ezgu tilaklar va oldinda turgan ta’lim yillarini mazmunli o‘tkazish, imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermaslik va katta maqsadlar sari dadil intilish uchun o‘ziga xos chorlov ham bo‘ldi.
Shuningdek, yuridik fanlari doktori, professor Alisher Mahmudov yangi bosqichga qadam qo‘ygan yoshlarni tabriklab, endilikda ta’lim jarayonida faol pozitsiyani egallash, o‘z akademik natijalariga mas’uliyat bilan yondashish va kelajak kasbiy yo‘llarini ongli ravishda shakllantirishlari muhimligini taʼkidladi.
Tadbirning tantanali qismi “Nordik taronasi” ansamblining musiqiy chiqishlari bilan davom etdi.
Kuy-qo‘shiqlar, yoshlarning ko‘tarinki kayfiyati va tantanali muhit uyg‘unligi yangi talabalar uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Shundan so‘ng Orientation Week’ning ilk kunida talabalarning bir-biri bilan tezroq tanishishi, turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan yoshlar o‘rtasida muloqot va do‘stona muhit shakllanishi uchun turli interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi.
“Pizza Party”, UNO, MAFIA, GUESS WHO kabi o‘yinlar yoshlarning bir-biri bilan erkin muloqotga kirishishi, jamoaga moslashishi va yangi do‘stlar orttirishiga xizmat qildi.
8–9-sentyabr kunlari ham “Orientation Week” doirasidagi tanishtiruv va moslashuv tadbirlari davom etadi.
Nordik oilasiga xush kelibsiz, yangi talabalarimiz!
Yangiliklar
Nordik oilasiga xush kelibsiz: yangi talabalar uchun "Orientation Week" boshlandi

September 07 , 2026
92
Xalqaro Nordik universitetida 2026–2027-o‘quv yilining yangi talabalari uchun “Orientation Week” — o‘quv-tanishtiruv haftaligi boshlandi.
Foto galereya
9
Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish
So‘nggi yangiliklar
Ta’limdan yashil energetikagacha: Gonkong delegatsiyasi bilan muhim uchrashuv
Raqamli ta’limda aqlli ta’lim sari: Nordikda AI davrida taʼlimning yangi modeli taqdim etildi
Bilim, do‘stlik va yangi imkoniyatlar: Nordic International School’da yangi o‘quv yili boshlandi!
DUNYO NIGOHIDAGI YANGI O‘ZBEKISTON
Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring