Nordik oilasida yangi o‘quv yili – yangi bosqich!

Nordik oilasida yangi o‘quv yili – yangi bosqich!

September 12 , 2025

|

1005

Xalqaro Nordik universitetida rektor va jamoa uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

2024–2025 o‘quv yili davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar sarhisob qilinib, kelgusi vazifalar belgilab berildi.


Nordikda 2024-2025-yil – “Ta’limda sifat bosqichi va ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish yili” sifatida tarixga kirdi.


Bu davrda ta’lim sifati oshdi. Ilmiy salohiyat 6,8 % ga o‘sdi. 40 dan ziyod xalqaro delegatsiya va elchilar tashrifi bo‘lib o‘tdi. 


Qirqqa yaqin yangi kitob va qo‘llanmalar nashr etildi. Talabalarimiz nufuzli xalqaro grantlar va stipendiyalarni qo‘lga kiritishdi. 


TasIMO-2025 olimpiadasi va ko‘plab yirik loyihalar muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Nordik yangi o‘quv yilida yanada kengayib, yangi marralar sari dadil qadam tashlamoqda.


2025-2026-o‘quv yili rektor Sherzod Mustafakulov tomonidan "Yashil universitet sari: global mehnat bozori talabi asosida raqobatdardosh kadrlar tayyorlash yili" deb eʼlon qilindi. Nordikda yangi o‘quv yilida universitet jamoasining salohiyati ushbu nom ostida birlashtirilib, universitetning o‘ziga xos yuksalish yo‘liga asos solinadi.

photo-2025-09-12-20-42-26-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-09-12-20-42-26-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-09-12-20-42-27
Ko‘rib chiqish
photo-2025-09-12-20-42-57
Ko‘rib chiqish
photo-2025-09-12-20-42-28
Ko‘rib chiqish
photo-2025-09-12-20-42-27-2
Ko‘rib chiqish