Vatan himoyasi — bu faqat qurol bilan emas, balki ilm, tafakkur va yuksak ma’naviyat bilan amalga oshiriladigan ulug‘ burchdir. Tadbir davomida yangragan she’rlar, tabrik va tilaklar, quvnoq hazil-mutoyibalar va qiziqarli o‘yinlar Nordik jamoasining birdamligi, ahilligi va maqsadlar sari birlashganini yana bir bor namoyon etdi.
Haqiqiy Vatan himoyachisi — jasur, bilimli, ijodkor, tinchlikni asraydigan va jamiyatga tayanch bo‘la oladigan insondir. Nordik jamoasi esa ana shunday fidoyi va faol insonlar jam bo‘lgan katta va ahil oiladir.
Barcha ustozlarimizni, aziz erkaklarimizni va Vatanimiz posbonlarini bayram bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizlar bor joyda — tinchlik bor, fayz bor, kelajakka ishonch bor!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
















