Samimiy muloqot davomida ingliz tilini chuqur o‘rganayotgan yoshlarning oliy ta’limga tayyorgarligini kuchaytirish, akademik va amaliy tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar ishtirokida ma’ruzalar, ochiq eshiklar kunlari hamda qo‘shma ta’lim tadbirlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri — yoshlar bilimini xolis baholash va akademik shaffoflikni ta’minlash. Shu orqali ingliz tilini puxta egallayotgan yoshlar uchun til ta’limidan oliy ta’limga o‘tish jarayonini yanada qulay, shaffof va amaliy qilish ko‘zda tutilmoqda. Kelishuvga ko‘ra, INTER NATION ENGLISH SCHOOLda IELTS kurslari yakunida o‘tkaziladigan ichki imtihon natijalarini Nordik universitetining qabul jarayonida tan olish mexanizmi bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.
Yana bir muhim imkoniyat — yuqori natija ko‘rsatib, Nordik universitetiga qabul qilingan iqtidorli yoshlarni ta’lim grantlari orqali qo‘llab-quvvatlash masalasi ham ko‘rib chiqiladi.
Uchrashuv yakunida ikki tomon o‘rtasida memorandum imzolandi. Mazkur kelishuv o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, til bilimi, zamonaviy ta’lim va yoshlar salohiyati borasidagi imkoniyatlarni birlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Yangiliklar
Nordik va INTER NATION ENGLISH SCHOOL: yoshlar uchun yangi hamkorlik

August 12 , 2026
2600
Xalqaro Nordik universiteti va INTER NATION ENGLISH SCHOOL rahbariyatlari o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va yoshlar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Foto galereya
3
Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring