Bugungi kunda yoshlar taʼlimni nafaqat auditoriyada, balki raqamli platformalar, ochiq bilim manbalari va ishonchli axborot orqali ham tanlayapti. Shu nuqtai nazardan uchrashuv davomida zamonaviy taʼlim muhitini rivojlantirish, taʼlim platformalarini takomillashtirish, yoshlar uchun foydali taʼlim va media loyihalarni yaratish hamda bilimni ommalashtirishga qaratilgan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Xushnudbek Xudoyberdiyev yillar davomida abituriyentlar, talabalar va keng jamoatchilikka oliy taʼlim, qonunchilik hamda ijtimoiy masalalar bo‘yicha tezkor va ishonchli maʼlumot yetkazib kelmoqda. Uning faoliyati yoshlarning to‘g‘ri qaror qabul qilishi, taʼlim imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishi va huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Nordik universiteti esa sunʼiy intellekt, raqamli ta'lim va xalqaro tajribalarni uyg‘unlashtirgan innovatsion taʼlim muhitini rivojlantirishni o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida davom ettirmoqda.
Ushbu uchrashuvda taʼlim sifatini oshirish, ochiq muloqotlarni kuchaytirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
Yangiliklar
Nordik va Xushnudbek: taʼlim, media va yoshlar manfaatlari yo‘lida hamkorlik

July 30 , 2026
2338
Xalqaro Nordik universiteti rahbariyati va huquqshunos, davlat va jamoat arbobi, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘rtasida samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Foto galereya
3
Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish
So‘nggi yangiliklar
"Orientation Week" — Nordik davlatlari elchilar bilan
Nordik oilasiga xush kelibsiz: yangi talabalar uchun "Orientation Week" boshlandi
Ta’limdan yashil energetikagacha: Gonkong delegatsiyasi bilan muhim uchrashuv
Raqamli ta’limda aqlli ta’lim sari: Nordikda AI davrida taʼlimning yangi modeli taqdim etildi
Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring