Nordik rektori Sherzod Mustafakulov - "Eng yaxshi maqolalar" muallifi!

Nordik rektori Sherzod Mustafakulov - "Eng yaxshi maqolalar" muallifi!

January 24 , 2025

|

1847

Nordik olimlari kunning eng dolzarb mavzulari bo‘yicha o‘z nuqtai nazarlari, sharhlari bilan markaziy nashrlarda faollar...

"Xalq so‘zi" va "Народное слово" gazetalari tahririyatida bosh muharrir O‘tkir Rahmat va eng faol mualliflar, xususan rektorimiz Sherzod Mustafakulov o‘rtasida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. 


"Eng yaxshi maqolalar" tanlovi doirasida chop etilgan dolzarb mavzulardagi maqolalari uchun professor Sherzod Mustafakulov tahririyat Diplomi va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.


O‘tgan 2024-yil davomida professor-olimning “Sehrli diyor”dagi unutilmas muloqotlar”, “Yo ilmli bo‘ling yoki ilmga tayanib ish tutadigan...”, “Вести дела с опорой на науку", “O‘zbekiston - Estoniya: tizimli aloqalarning yangi bosqichi”, “Uzoq istiqbolga mo‘ljallangan loyihalar” sarlavhali qator maqolalari nashr etildi. 


Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston ishbilarmonlar uchun qulay, iqtisodiyoti baquvvat va farovon mamlakatga aylanmoqda”, "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo yosh yetakchilar konferensiyasi: o‘zaro hamkorlik va birdamlikni mustahkamlashdagi yangi odimlar”, “Mehnat barometri: kasbiy bandlikni baholash O‘zbekistonga qanday naf keltiradi?” kabi qator dolzarb mavzulardagi ilmiy-ommabop maqolalari gazetalar sahifalarida yoritildi.

Chop etish

So'nggi yangiliklar

Bolgariyada Work & Travel: yozgi taʼtil — xalqaro tajriba mavsumi

Bolgariyada Work & Travel: yozgi taʼtil — xalqaro tajriba mavsumi

Dastur doirasida 14 nafar talaba xorijga yo‘l oldi. Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar endi auditoriyada olgan bilimlarini xalqaro ish muhitida amaliyot orqali mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Bu safar ular uchun sayohat, yangi tajribalar, kasbiy ko‘nikmalar va xalqaro mehnat muhitini o‘rganish maktabidir.


Talabalar Bolgariyada ishlash, o‘rganish va sayohat qilish orqali o‘z sohalariga oid qimmatli tajribalarni jamlab, xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib qaytadilar.

Nordik hayotiga fayz olib kirayotgan yoshlar — e’tirofda!

Nordik hayotiga fayz olib kirayotgan yoshlar — e’tirofda!

Ular turli tadbirlar, loyihalar va tashabbuslari orqali talabalarni birlashtirib, universitet hayotini yanada qiziqarli, rangli va jonli qilishga munosib hissa qo‘shdilar.


Har bir g‘oya, har bir tashabbus va har bir ezgu mehnatingiz uchun rahmat!


Sizlar Nordikning eng faol, eng shijoatli va eng ilhomlantiruvchi yoshlari sifatida barchaga o‘rnak bo‘lib kelmoqdasiz.


👏 Mehnatingiz biz uchun qadrli! Yutuqlaringiz bardavom, orzularingiz yanada ulkan bo‘lsin!

Parlament hayoti: Nordik talabalari qonunlar yaratilish jarayonini o‘rgandilar

Parlament hayoti: Nordik talabalari qonunlar yaratilish jarayonini o‘rgandilar

Tashrif davomida talabalar Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi faoliyati bilan tanishib, deputatlar ishtirokidagi ochiq muloqotda qatnashdilar.


Uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosati, yangi qonunlarning mazmun-mohiyati, siyosiy partiyalar fraksiyalari, qo‘mitalar, Yoshlar parlamenti hamda parlament faoliyatining muhim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.


Ayniqsa, qonun loyihalarining yaratilishidan tortib, muhokama va qabul qilinishigacha bo‘lgan jarayonlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Deputatlar yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berib, o‘z faoliyatlarining amaliy jihatlarini ochib berdilar.


Ekskursiya doirasida talabalar Oliy Majlis tarixiga bag‘ishlangan muzey, zamonaviy parlament kutubxonasi va qonunlar qabul qilinadigan majlislar zalini ham ko‘zdan kechirdilar.


Ushbu uchrashuv yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini boyitib, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qildi.

Yakuniy marra — imtihonlar o‘tkazilmoqda

Yakuniy marra — imtihonlar o‘tkazilmoqda

Fanlar xususiyatlaridan kelib chiqib, imtihonlar test hamda amaliy ijro shaklida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.


Har bir akademik guruh tasdiqlangan grafik bo‘yicha bosqichma-bosqich imtihon topshiryapti. Talabalarning puxta tayyorgarlik ko‘rishi uchun kutubxona fondidan samarali foydalanish, qo‘shimcha maslahatlar olish imkoniyatlari yaratilmoqda.


Imtihonlar talabalar bilimini baholash bilan birga ta’lim sifatini yanada takomillashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yaʼni, mazkur jarayonlarda maxsus so‘rovnomalar o‘tkazilib, talabalar fikri va takliflari o‘rganilyapti.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish