Xalqaro Nordik universiteti bilan xalqaro bilimlar sari!

Xalqaro Nordik universiteti bilan xalqaro bilimlar sari!

August 09 , 2022

|

3658

Yurtimizda turib xalqaro darajadagi bilimlarni egallang!

Universitet respublikada zamonaviy 8 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish bilan uzviy integratsiyasini jadallashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.


Xalqaro Nordik Universitetining tashkil etilishi Finlyandiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarning ijobiy natijasidir. 


🔔 2022-yilning 27-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Finlyandiya tashqi ishlar vazirlarining siyosiy maslahatlar bo‘yicha 10-yig‘ilishida Shimoliy Yevropa mamlakatlarining ta’lim sohasidagi ilg‘or yutuqlariga asoslangan zamonaviy xususiy oliy ta’lim tashkiloti – Xalqaro Nordik Universitetini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.