Jurnalning 2026-yil 3-soni O‘zbekistonga bag‘ishlanib, yurtimizning jadal rivojlanishi, yoshlari, yangi iqtisodiy imkoniyatlari va xalqaro aloqalari haqida keng material e’lon qilindi.
Jurnalning maxsus maqolalaridan biri “Nordisk närvaro i Uzbekistan” — “O‘zbekistonda Nordik mavjud”ligi xususida bo‘lib, unda O‘zbekiston va Shimoliy Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi tarixiy va zamonaviy aloqalar, ta’lim, biznes, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlik tahlil qilingan.
Nordic International University O‘zbekistonda Nordik davlatlari ta’lim falsafasi va xalqaro ta’lim yondashuvlari shakllanayotganining muhim namunasi sifatida alohida qayd etilgan.
Jurnal muallifi universitet O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasida rivojlanib borayotgan ta’lim hamkorligining amaliy maydonlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan. Maqolada, shuningdek, Finlandiya bilan aloqalarning kengayishida Alisher Jo‘raevning o‘rni, uning Finlandiyaning Toshkentdagi faxriy konsuli sifatidagi faoliyati hamda tashabbuslari haqida so‘z yuritilgan.
“Toshkent qalbida Nordik ta’siri yanada aniqroq namoyon bo‘lmoqda. Bu ta’lim, pedagogika va zamonaviy jamiyatni qanday rivojlantirish haqidagi g‘oyalar bilan bog‘liq.”
Mazkur yondashuv Nordik universitetining missiyasini ham ifodalaydi: Shimol va Markaziy Osiyo o‘rtasida ta’lim, bilim, tajriba va zamonaviy qarashlar almashinuvi uchun platforma yaratish.
“Nordik” — yangi fikrlash madaniyati. Muallifning ta’kidlashicha, Shimoliy Yevropa davlatlari O‘zbekistonga shunchaki tayyor mahsulot yoki xizmatlar olib kelmayapti — ular g‘oya, tahlil va tajriba bo‘yicha ham o‘zaro hamkorlik qilmoqda.
Shu nuqtai nazardan, Nordik universiteti ta’lim muassasasidan ko‘ra kengroq ma’noga ega: u Markaziy Osiyo va Shimol o‘rtasidagi akademik muloqot, xalqaro tajriba almashinuvi va yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash uchun uchrashuv maydoni sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Jurnalning yana bir e’tiborga molik jihati — unda Nordik universiteti vakillari, talabalari, tadbirlari aks etgan suratlar ham berilga. Xalqaro nashr sahifalarida universitetning nafaqat g‘oyasi va modeli, balki yoshlar bilan bog‘liq muhiti va akademik hayoti ham namoyish etilgan.
“Resenären”dagi materialning asosiy g‘oyasi aynan shu jumlada mujassam: “Norden kommer inte till Uzbekistan som en enda stor berättelse – utan i små, oväntade möten” — ya’ni, “Shimol O‘zbekistonga yagona katta hikoya sifatida emas, balki kichik, kutilmagan uchrashuvlar orqali kirib kelmoqda.”
Nordik universiteti ana shunday uchrashuvlarning eng mazmunlilaridan biri — bilim va ta’lim ko‘prigi sifatida xalqaro jurnal sahifalaridan joy oldi.
Yangiliklar
Nordik universiteti — bilim ko‘prigi sifatida xorijiy jurnal sahifalarida

September 02 , 2026
108
O‘zbekistonning yangi qiyofasi Shvetsiyaning “Resenären” jurnalida aks etdi.



