Uchrashuvda DAADning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy rahbari Gisella Zimmermann va akademik hamkorlik bo‘yicha mutaxassis Kanybek Sydykbekov bilan muzokara o‘tkazildi.
Muloqot davomida Germaniya universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish, ochilishi rejalashtirilayotgan yangi taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha ustuvor maqsad va vazifalar, talabalar uchun DAAD stipendiya dasturlari imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, nemis tilini chuqur o‘rganishni rag‘batlantirish va OnSET xalqaro til imtihonida qatnashish imkoniyatlarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilarning Germaniyada malaka oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Ushbu uchrashuv ikki tomonlama akademik hamkorlikni mustahkamlash, taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida yangi imkoniyatlar yaratish, xalqaro ta’lim, grantlar va akademik almashinuv yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.










