Xalqaro Nordik universitetining Iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi Mansur Jumabayev "Genius X" xotirani rivojlantirish markazining mnemonika darslarini chuqur o‘rganib, eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.
5 bosqichli imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib, 200 nafar tinglovchi orasida birinchilikka erishdi. Endilikda xalqaro olimpiadalarda O‘zbekiston sharafini himoya qilish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.




