Bugun XNUning har ikki o‘quv binosida sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar kutib olindilar.
Rektor va talabalar muloqoti bo‘lib o‘tdi. Talabalarning o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va tyutorlar haqidagi fikr-mulohazalari, muammolari o‘rganildi va zarur tavsiyalar berildi. Shundan so‘ng ular yakuniy nazorat imtihoniga yo‘naltirildilar.
Eslatma: bugun sirtqi ta'lim talabalari uchun 18:00 da Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrga tashrif uyushtirilmoqda.
📌 Yakuniy imtihon qoidalari bilan @xnu_dekanati kanali orqali tanishish mumkin.




