Muhim uchrashuv: yoshlar, xavfsizlik va kelajak

March 13 , 2026
100
Nordik universitetida talaba-yoshlar uchun huquqiy savodxonlik va kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan profilaktik hamda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining Shayxontohur tumaniga biriktirilgan ishchi guruhi vakillari hamda mutaxassislar talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, kiberxavfsizlik, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar, rektor maslahatchisi va masʼullar tomonidan yoshlarga jamiyat xavfsizligi, vatanparvarlik va shaxsiy mas’uliyat haqida muhim fikrlar bildirildi.
Tadbirda, kiberxavfsizlik strategiyasi va kiberjinoyatchilikning oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida talabalar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, jonli va mazmunli muloqot bo‘lib o‘tdi.






So'nggi yangiliklar

“SCIENCE PATH”: G‘oyadan muvaffaqiyat sari!
lshtirokchilar ilmiy maqola nima, yozish nima uchun muhim, ilmiy muvaffaqiyatga qanday erishish mumkinligi haqida keng maʼlumotlar oldilar.
Loyiha 3 ta maxsus yo‘nalishda davom etadi:
🔬 ILMIY FAOLIYAT — “Menda g‘oya bor, lekin uni qanday qilib ilmiy maqolaga aylantirishni bilmayapman” deydiganlar uchun.
🚀 START-UP — "G‘oyam bilan dunyoni o‘zgartiraman va investitsiya jalb qilaman” deydigan kreativ fikrli yoshlar uchun.
🏆 STIPENDIYALAR — o‘z ism-sharifini xalqaro va nufuzli stipendiatlar ro‘yxatida ko‘rishni istagan intiluvchan talabalar uchun.
💡 Qaysi yo‘nalish sizniki?
O‘z jamoangizni tanlang va professional ustozlar bilan birga maqsad sari qat’iy qadam tashlang.
Batafsil: https://t.me/+se4i4MC0VE5kMWUy

Nordik va DAAD: Germaniya universitetlari bilan yangi istiqbollar
Uchrashuvda DAADning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy rahbari Gisella Zimmermann va akademik hamkorlik bo‘yicha mutaxassis Kanybek Sydykbekov bilan muzokara o‘tkazildi.
Muloqot davomida Germaniya universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish, ochilishi rejalashtirilayotgan yangi taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha ustuvor maqsad va vazifalar, talabalar uchun DAAD stipendiya dasturlari imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, nemis tilini chuqur o‘rganishni rag‘batlantirish va OnSET xalqaro til imtihonida qatnashish imkoniyatlarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilarning Germaniyada malaka oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Ushbu uchrashuv ikki tomonlama akademik hamkorlikni mustahkamlash, taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida yangi imkoniyatlar yaratish, xalqaro ta’lim, grantlar va akademik almashinuv yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.

“Miss Nordic – 2026”: Nordik toji o‘z egasini topdi!
Talaba-qizlarimiz nafaqat go‘zalligi, balki bilimi, nutqi va ijodiy yondashuvi bilan ham o‘ziga xosliklarini namoyish etishdi.
Tanlovda dastlab insho yozish – fikr va tafakkur sinovi o‘tkazildi. Tanishtiruv shartida ishtirokchilarning o‘zini erkin tutishi va jozibador namoyon etishiga ahamiyat qaratildi.
Milliy obraz yaratish shartida esa milliy qadriyatlar keng tarannum etildi. Erkin mavzu bahsida ijod va sahna mahorati sinovdan o‘tkazildi.
👑 Bi yilgi Miss Nordic toji 1-o‘rin sohibasi Xusniyabonu Maxmudovaga nasib etdi!
2-o‘ringa Marjona Maxmudova, 3-o‘ringa Muborak G‘ayratova sazovor bo‘ldilar.
🌟 Tanlovda faol ishtirok etgan talabalar nomlarini ham alohida e’tirof etib o‘tamiz:
💫 Nasibaxon Mirsodiqova
💫 Mohinur Mirobidova
💫 Shahzoda Ergasheva.
💐 “Miss Nordic – 2026” yana bir bor shuni isbotladi: Nordik qizlari — nafislik, bilim va iste’dod uyg‘unligining yorqin timsolidirlar!
📸 Tanlovning eng yorqin lahzalari — fotosuratlarda.

Amaliyot — kasb o‘rgatuvchi maktab bo‘lmoqda
Talabalar U.Q.Qurbonov nomidagi respublika bolalar ruhiy-asab kasalxonasida amaliyotda bo‘ldilar.
Mashg‘ulotda ular rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlash jarayonini kuzatdilar. Logopedik reabilitatsiya usullari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, tashxis qo‘yish va kompleks korreksion yordam jarayonlari bo‘yicha mutaxassislar tavsiyalarini tingladilar.
Eng muhimi, talabalar nazariy bilimlarini haqiqiy amaliy jarayon bilan bog‘lash imkoniga ega bo‘lishdi. Uzoq muddat davolanayotgan bolalar uchun tashkil etilgan kasalxonada inklyuziv ta’lim tizimi haqida ham batafsil ma’lumotlar olishdi.
Bu tajriba kelajak logopedlarini insoniylik, sabr va mehr bilan ishlashga o‘rgatuvchi maktab ham bo‘ldi.