MOCCA loyihasi: dunyo tadqiqotchilari nufuzli anjumanda

MOCCA loyihasi: dunyo tadqiqotchilari nufuzli anjumanda

May 12 , 2025

|

1660

Dunyoning top-75 talikka kiruvchi Lund universitetida (Shvetsiya) "MOCCA: Markaziy Osiyoda yuqori darajali korrupsiya tuzilmalari" loyihasi doirasida "Corruption in Non-Western Societies: Insights from Central Asia" mavzusida konferensiya o‘tkazilmoqda.

Unda o‘nlab nufuzli oliygohlar qatorida XNUning Xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i Abdurauf Tolibov ham ishtirok etyapti. U "O‘zbekistonda oila, huquq va jamiyat, korrupsiya va huquqiy madaniyat" mavzusida maʼruza qildi. 


Konferensiyada qizg‘in munozaralar asosida korrupsiyaga qarshi yechimlar borasida xalqaro tajribalar almashilmoqda.