Uch kun davom etgan mazkur anjumanda Xalqaro Nordik universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Odil Qo‘ysinov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, Nagoya universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan grant loyihalari, ilmiy tadqiqotlar va istiqboldagi strategik rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Seminarda professor-olimlar va xalqaro ekspertlar — Aktam Jalilov, Sarkar Arani, Eldorjon Elmurodov hamda Kavanj Asuka ishtirok etib, pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish, innovatsion ta’lim modellarini joriy etish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Mazkur uchrashuv milliy ta’lim tizimining istiqboliga doir strategik muloqot maydoniga aylanib, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi akademik aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.







