Uchrashuvda yosh liderlarning samarali muloqot, murakkab vaziyatlarni boshqarish, konfliktlarni konstruktiv yo‘l bilan transformatsiya qilish va jamoalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus dastur konsepsiyasi ko‘rib chiqildi.
Loyiha doirasida “Murakkab suhbatlar va e’tibor sanʼati” konsepsiyasiga asoslangan 4 kunlik interaktiv trening-retreat tashkil etish rejalashtirib olindi.
Dastur davomida ishtirokchilarga murakkab suhbatlarni aniqlik, ishonch va o‘zaro hurmat asosida olib borish, turli fikr va qarashlarni tushunish hamda nizoli vaziyatlarni yangi yondashuvlar orqali boshqarish uchun amaliy vositalarni taqdim etishga eʼtibor qaratiladi.
Dasturda 18–30 yoshdagi yosh liderlar, jamoa yetakchilari, ta’lim sohasi vakillari va faol yoshlar ishtirokini ta’minlash, ishtirokchilarni saralashning samarali mezonlarini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, uchrashuvda “E’tibor san’ati”, madaniyatlararo muloqot, turli global muhitlarda liderlik tajribasi, yoshlar bilan ishlash metodlari va dasturni kelgusida kengroq auditoriyaga tatbiq etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Loyihaga xalqaro tajriba va Nordik davlatlari yondashuvlariga ega professorlar va trenerlar jalb etilishi, ishtirokchilar uchun interaktiv sessiyalar, amaliy mashg‘ulotlar va jamoaviy faoliyatlarni tashkil etish masalalarida ham so‘z bordi.
Tomonlar loyiha doirasida yosh liderlarni aniqlash, saralash va rivojlantirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish hamda hamkorlikni amaliy loyihalar orqali yanada kengaytirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Yangiliklar
Yosh liderlar uchun xalqaro imkoniyat: yangi loyiha muhokama qilindi

September 26 , 2026
133
Xalqaro Nordik universitetida Ostindagi Texas (https://www.utexas.edu/) universiteti va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi hamkorligida yoshlarning liderlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan yangi xalqaro loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Foto galereya
6
Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring