Toshkentdagi "Lider" xususiy maktabi tomonidan Xalqaro Nordik universiteti bazasida AMO-2022 xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkaziladi

Toshkentdagi "Lider" xususiy maktabi tomonidan Xalqaro Nordik universiteti bazasida AMO-2022 xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkaziladi

October 22 , 2022

|

2316

2022-yil 23-oktyabr kuni universitetimizda o‘tkaziladigan olimpiadada respublikamizdagi maktab va litseylarning 2-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etadilar.

🖇 Ushbu olimpiada Singapurlik hamkor SIMCC va AQSHning Janubiy Illinoys universiteti (SIU) bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

🔥 Ayni paytda SIMCC va SIU ikki turdagi stipendiyalarni taklif qiladi:

✔️eng kuchlilar uchun 2 yillik stipendiya (SIMOC/IJMO va AMOda eng yuqori ball olgan IJHS a’zolari);

✔️ta’lim xarajatlarini qisman qoplash uchun stipendiyalar (olimpiada natijalari asosida; 14000 dollar chegirmali). SIMCC orqali hujjatlarni topshirishda 40 AQSH dollari miqdorida ariza to‘lovi olinadi.

Olimpiadada:

☑️ 15 ta test topshiriqlari (har bir to‘g‘ri javob uchun 3 ball),

☑️ ochiq javobli 5 ta topshiriq, to‘g‘ri javob uchun 5 ball.

▪️Rus yoki ingliz tilini tanlash mumkin.

➖09.00-10.45. - 2 va 4-sinflar;

➖11.15-13.00. — 3, 6 va 9-sinflar;

➖13.45-15.15. — 5, 7, 8, 10 va 11-sinflar.

📌 Olimpiada natijalari ➡️ https://t.me/uzbcdc kanalida e’lon qilinadi.