IAMO direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

IAMO direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

January 06 , 2023

|

1578

IAMO direktori Tomas Glaubenga faxriy doktor unvoni berildi.

Universitetimizda Germaniyaning IAMO ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Qishloq xo‘jaligi bozorlari bo‘limi boshlig‘i Tomas Glauben bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida ta'lim va tadqiqotlar hamda hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar xususida so‘z bordi.

Universitetimiz Kengashining qaroriga muvofiq O‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Leybnits instituti (IAMO) direktori Tomas Glaubenga universitetda ta'lim va tadqiqotlarni takomillashtirish hamda xalqaro almashuv dasturlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan xizmatlari uchun faxriy doktor unvoni berildi.