Estoniya diplomatik korpus vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Estoniya diplomatik korpus vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

September 18 , 2025

|

1185

Xalqaro Nordik universiteti Boshqaruv kengashi raisi Dr. Alisher Jurayev moderatorligida o‘tgan mazkur tadbirda xalqaro munosabatlarni chuqur anglash, Estoniya tajribasini tahlil qilish va talabalarda global tafakkurni rivojlantirishga eʼtibor qaratildi.

Estoniya Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha favqulodda va muxtor elchisi Janob Yaap Ora hamda Estoniya Tashqi ishlar vazirligining Rossiya, Belarus va Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Riina Kaljurand xonim muloqotda mintaqaviy jarayonlar, xalqaro ta’lim diplomatiyasining dolzarb jihatlariga to‘xtaldilar. 


Estoniyaning raqamli transformatsiya tajribasi va uning jahon miqyosidagi innovatsion modeli, Markaziy Osiyo bilan hamkorlik istiqbollari, jumladan, ta’lim, texnologiya va madaniyat sohalaridagi aloqalar xususida so‘z bordi. 


Bu uchrashuv Nordik talabalari uchun diplomatik amaliyot bilan tanishish imkoniyatini ham berdi.

1-28
Ko‘rib chiqish
3-25
Ko‘rib chiqish
4-23
Ko‘rib chiqish
5-23
Ko‘rib chiqish
12-4
Ko‘rib chiqish
15-3
Ko‘rib chiqish
20-2
Ko‘rib chiqish
17-3
Ko‘rib chiqish
16-2
Ko‘rib chiqish